“O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi R&D markazi “Milliy...
Joriy yilning 14–15-may kunlari Ohangaron tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosi doirasida “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda “UzAuto Motors” AJ tarkibidagi R&D (Tadqiqot va ishlanmalar) markazi o‘zining innovatsion ishlanmalari va muhandislik yechimlari bilan ishtirok etdi.
Ko‘rgazma davomida markaz mutaxassislari ishlab chiqarish jarayonlarida sun’iy intellekt va Computer Vision texnologiyalarini qo‘llash, qolipsozlik muhandisligi, tannarx tahlili, 3D skanerlash hamda qayta muhandislik yo‘nalishlaridagi loyihalarni taqdim etdilar.
Taqdim etilgan ishlanmalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sifat nazoratini takomillashtirish, butlovchi qismlarni mahalliylashtirish va importga bog‘liqlikni kamaytirishga xizmat qildi.
“O‘zavtosanoat” AJ tomonidan innovatsiyalar va zamonaviy muhandislik yechimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar avtomobil sanoatini izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda.