“Özavtosanoat” AJ xodimi şaxmat böyiça oçiq çempio...
Davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Özbekgidroenergo” AJ taşabbusi bilan vazirlik va idoralar, aksiyadorlik jamiyatlarining markaziy apparatlari xodimlari örtasida şaxmat böyiça an’anaviy “Çess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” (Şaxmat böyiça “Özbekgidroenergo” AJ oçiq çempionati) oçiq çempionati ötkazildi.
Özbekiston Şaxmat federatsiyasining malakali hakamlari iştirokida FIDE qoidalari asosida taşkil etilgan musobaqada 120 nafardan ortiq iştirokçi ğoliblik uçun bahs olib bordi.
11 tur davom etgan murosasiz bahslar yakuniga köra, “Özavtosanoat” AJ vakili Farrux Rajabov barça raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-örinni egalladi. Musobaqa yakunida ğolib va sovrindorlar tantanali ravişda taqdirlandi.
Hamkasbimiz Farrux Rajabovni uşbu munosib ğalaba bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!