“Özavtosanoat” AJ boşqaruv raisi Şavkat Umurzoqov...
Gimnastika federatsiyasi prezidentligiga nomzodni tayinlaş ovoz beriş yakunlariga köra bölib ötdi va Konferensiya iştirokçilari uşbu mas’uliyatli lavozimga Şavkat Umurzoqovni bir ovozdan ma’qulladilar.
Ta’kidlaş joizki, Şavkat Umurzoqov rahbarligida “Özavtosanoat” uzoq yillar davomida Özbekiston gimnastika Federatsiyasining boş homiysi bölib kelgan.
Konferensiya davomida Şavkat Umurzoqov ösib kelayotgan yoş avlod hayoti, rivojlanişi uçun sport muhim ahamiyat kasb etişini qayt etib, Federatsiyaning Olimpiya harakatlarida yuksak nufuzga erişganini alohida ta’kidladi:
– Bugun Özbekiston gimnastikasi, bular öz işiga fidokorona sodiq bölgan ism va çehralari yorqin gimnastikaçilar, murabbiylar, şifokorlar va Federatsiyaning butun döstona jamoasidir. Bugungi kunda Özbekiston gimnastika federatsiyasi dunyoning 162 ta milliy federatsiyalar kuçli 10 taligidan joy oldi...” dedi u.
“Özavtosanoat” köp yillardan buyon milliy gimnastikaga katta yordam körsatib kelmoqda. Kompaniya rahbariyati bundan keyin ham uşbu xayrli an’anani davom ettiriş va sportçilarning yuksak natijalarga erişişi uçun barça şart-şaroitlarni yaratişni maqsad qilmoqda.