"Özavtosanoat" AJ tizimidagi eng yirik korxona hisoblangan - "UzAuto Motors" AJ Janubiy Koreya va boşqa mamlakatlardan jalb etilgan 170 nafar mutaxassis bilan hamkorlikda Asaka şahridagi zavodining işlab çiqariş liniyalarini rejali modernizatsiya qilişni yölga qöymoqda. Işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş, barqaror işlab çiqarişni ta'minlaş hamda konveyerlarning işdan çiqişini oldini oliş maqsadida korxonada texnik işlar olib borilişi natijasida işlab çiqariş liniyalarining işlaşi vaqtinça töxtatiladi. Uşbu modernizatsiya Chevrolet Cobalt avtomobillarining yillik işlab çiqariş hajmini qöşimça 30 ming donaga oşiriş imkonini beradi.
Modernizatsiya rejasiga asosan yangi uskunalardagi nosozliklarni bartaraf etiş, işlab çiqariş liniyalariga texnik xizmat körsatiş, şuningdek, zavod infrastrukturasini yangilaş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan işlar bajariladi.
Xususan, modernizatsiya rejasi doirasida Presslaş sexida yangi "FANUC" (Yaponiya) robotlaştirilgan tiziminining dasturiy ta'minotini işlab çiqiş hamda işga tuşiriş işlari olib boriladi. Böyoqlaş sexida amalga oşiriladigan modernizatsiya işlari esa konveyer relslarini almaştiriş, sexdagi robotlaştirilgan tizimlarga texnik xizmat körsatiş, şuningdek, böyaş jarayonida işlovçi barça tizimlarni sinovdan ötkazişni öz içiga oladi.
Yiğuv sexining ikkita liniyasida ham işlab çiqariş tezligini oşiriş imkonini beruvçi keng kölamli işlar amalga oşiriladi ya'ni birinçi liniyada işlab çiqariş tezligi 35 JPHga (soatiga avtomobillar), ikkinçi liniyada bu körsatkiç 30 JPHga yetkaziş imkoniyati yaratiladi. Bu öz navbatida, barça avtomobil modellarining yillik işlab çiqariş hajmini oşiradi. Ikkinçi liniyaning modernizatsiya qilinişi Chevrolet Cobalt avtomobilining yillik işlab çiqariş hajmini 30 000 donaga oşiriş imkonini beradi.
Modernizatsiya dasturi, şuningdek, korxona infratuzilmasi hamda yordamçi uskunalarni ta'mirlaş va kamçiliklarni bartaraf etiş işlarini ham öz içiga olgan. Iş jarayonida elektron texnikalar jumladan, avtoyuklagiçlar, elektrotraktorlar, konteyner maydonidagi xavozali kranlar va boşqa jihozlar töliq şay holatga keltiriladi. Zavodda elektr energiyasini barqaror ta’minlaş maqsadida korxonaning asosiy transformatori va 2 ta yordamçi transformator stansiyasi ham almaştiriladi. Bundan taşqari, korxonada butun elektr ta'minoti tizimida profilaktika işlari olib boriladi.
Asaka şahridagi UzAuto Motors zavodida yangi uskunalarni örnatiş va nosozliklarini bartaraf etiş böyiça asosiy işlar bilan bir qatorda presslaşning barça agregatlari, payvandlaş, böyaş va yiğiş sexlarida rejali profilaktika işlari olib boriladi.
Şuningdek, eslatib ötamiz mazkur işlar rejalaştirilgan va iste'molçilarga avtomobillarni yetkazib beriş jadvaliga ta'sir qilmaydi.