Dam oliş kunlari “Özavtosanoat” AJ tizim korxonalari öratsida “Özavtosanoat kubogi-2025” futbol turniri bölib ötdi.
Turnirda Özavtosanoat tizimiga kiruvçi yirik korxonalar – “UzAuto Motors” AJ Asaka zavodi, “UzAuto Motors” AJ Xorazm filiali, “UzAuto Motors PowerTrain” AJ, “Uz Koram Co” MÇJ, “ÖzAuto-Austem” MÇJ, Samarqand avtomobil zavodi (SamAuto), “Toşkent Traktor zavodi” MÇJ jamoalari iştirok etişdi.
Final öyinida UzAuto jamoasi “UzAuto Motors” Asaka zavodi jamoasini mağlubiyatga uçratib, kubok sohibiga aylandi. Uçinçi örin uçun keçgan bahsda esa “UzAuto Motors Powertrain” jamoasi “ÖzAuto-Austem” jamoasidan ustun kelib, bronza medaliga ega çiqdi.
Turnir doirasida “Eng yaxşi darvozabon”, “Eng yaxşi himoyaçi”, “Eng yaxşi öyinçi”, “Eng yaxşi töpurar” kabi tört nominatsiya böyiça eng yaxşilar ham alohida taqdirlandi.
Musobaqa sportni rivojlantiriş va soğlom hayot tarzini ommalaştirişda, şuningdek, jamoalar örtasida döstona munosabatlarni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi. Keyinçalik bu kabi turnirlarni yanada köproq jamoalarni jalb qilgan holda ötkaziş közda tutilmoqda.