Özbekistonda elektromobillarga nisbatan talabning...
Respublika naşrlaridan birida Özbekistonda elektromobillar savdosi sezilarli darajada oşgani haqidagi maqola çop etilgan edi. “Özavtosanoat” mavjud muammolarga befarq bölmagan holda öz munosabatini bildirgan naşriyotga minnatdorçilik bildiradi hamda kompaniyaning tarkibiy bölinmalardan biri hisoblangan "UzAuto Motors" zavodida ayni paytda işlab çiqariş hajmining doimiy ravişda ösib borayotganiga qaramay, mamlakatning avtomobillarga bölgan yuqori talabini töliq qoplay olmayotganini tan oladi.
Respublika iqtisodiyotining barqaror ösişi hamda aholi turmuş farovonligining oşişi natijasida milliy avtomobilsozlik mahsulotlariga bölgan talabning ortiş darajasini tabiiyki, 6 yil avvalgi körsatkiçlar bilan taqqoslab bölmaydi. Bugungi kunda mahalliy bozor aynan raqobatbardoş avtomobil brendlari uçun yanada jozibador bölib borayotganini seziş qiyin emas.
"Özavtosanoat" doimiy ravişda mavjud xalqaro brendlarni örganib bormoqda va dunyodagi avtomobilsozlik sohasining yetakçilari bilan hamkorlik va kooperatsion munosabatlarni yölga qöyiş maqsadida yangi imkoniyatlarni izlamoqda. Qolaversa, Özbekistonda zamonaviy hamda ekologik jihatdan dolzarb bölgan avtoparklar sonini köpaytirişga qiziqiş bildirmoqda.
Şunday qilib, joriy yilning may oyida “Özavtosanoat” AJ hamda "BYD Company Ltd." hamkorligida Özbekistonda elektromobillar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan "BYD Uzbekistan Factory" zavodining qurilişi boşlandi.
Statistik ma’lumotlardan köriş mumkinki, joriy yilda Özbekistonga olib kelingan 5 400dan ortiq elektromobillarning 3 255 donasi mahalliy bozor dasturini örganiş doirasida “Özavtosanoat” AJ tarkibiy bölinmasi sanalgan “BYD Factory Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan.
“Özavtosanoat” konstruktiv muloqot örnatiş tarafdori bölib Özbekistonda ekologik toza transportlar uluşini köpaytiriş, bozorni yanada erkinlaştiriş qolaversa, mamlakat avtomobil bozoriga yangi avtokonsernlarning kirib kelişidan manfaatdor ekanini ma’lum qiladi. Bu, albatta, içki bozorda avtomobillarning raqobatbardoşligini oşirişga ijobiy ta’sir körsatadi va avtomobil işlab çiqaruvçilarning rivojlanişini rağbatlantiriş uçun barça şaroitlarni yaratadi.