“UzAuto” vakillari Germaniyaning avtomobil kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan qator muzokaralar va uçraşuvlar ötkaziş uçun Germaniya Federativ Respublikasiga taşrif buyurişdi.
“UzAuto” vakillari Germaniyaning avtomobil kompani...
Muzokaralar davomida Özbekistonda “Škoda” hamda “Volkswagen” avtomobillarining işlab çiqarilişini taşkil etiş bilan modellar qatorini kengaytiriş masalalari muhokama etildi. Şuningdek, Özbekiston-Germaniya işlab çiqariş mahsulotlari qatorini kengaytiriş bilan hududda yangi iş örinlarini yaratişga imkon beradigan yangi loyihalarni amalga oşirişda nemis hamkorlar tomonidan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarini jalb etiş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, Germaniyaga amaliy taşrif doirasida “UzAuto” vakillari avtomobil komplektatsiyalarini işlab çiqaruvçi eng yirik korxona Schaeffler Group rahbariyati bilan muzokaralar olib borişdi.
Muzokaralar davomida Asakadagi zavodda joriy etilayotgan GM platformasida işlab çiqarilayotgan avtomobillar uçun zarur butlovçi qismlarni yetkazib beriş, hamda mahalliylaştiriş sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlari atrofliça örganildi.
Schaeffler Group rahbariyati Özbekiston bozori ular uçun avtomobilsozlik, toğ-kon, metallurgiya va quriliş sanoati uçun butlovçi qismlar yetkazib beriş, şuningdek, butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş böyiça hamkorlikni kengaytirişga oid rejalarni amalga oşirişda imkon bera olişini ta’kidlaşdi.
Ma’lumot uçun: Schaeffler guruhi turli sanoat sohalari (avtomobilsozlik, aerokosmik)da foydalaniş uçun yuqori sifatli mahsulotlar (şkivlar, podşipniklar, dvigatel klapanlari)ni INA, LuK va FAG brendlari ostida işlab çiqaradi. Kompaniya tarkibida dunyoning 50 ta xorijiy davlatlarida joylaşgan 180 dan ortiq korxonalar mavjud. Kompaniyaning yillik aylanmasi 10,7 milliard yevroni taşkil qiladi. Uning asosiy mijozlari Renault, Nissan, Ford, GM, Fiat, Toyota, Mazda, BMW va Peugeot kabi yirik avtomobil işlab çiqaruvçilari hisoblanadi.
Bundan taşqari, Germaniyaga taşrif doirasida “UzAuto” delegatsiyasi qişloq xöjaligi maşinasozligi böyiça dunyoning yetakçi kompaniyasi CLAAS GROUP vakillari bilan ham muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvda CLAAS GROUP direktorlar kengaşi va aksiyadorlar qömitasi raisi Katrina Klaas-Muhlhauser xonim iştirok etdi. Muloqot çoğida “Uz CLAAS Agro” MÇJ XK negizida Özbekistonda qişloq xöjaligi maşinasozligi sohasida özaro hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, kelgusida işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohasida tajriba almaşişning yöllari belgilab olindi.
Har ikki tomon Özbekiston bilan 1997-yilda boşlangan samarali hamkorlikni davom ettiriş niyatlarini qat’iy bildirişdi.
Eslatib ötamiz, “Uz CLAAS Agro” MÇJ XK qöşma korxonasi Germaniya-Özbekiston ilk lohiyalaridan biridir, CLAAS kompaniyasi esa, Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöygan ilk nemis investorlaridan biri hisoblanadi.