2024-yil 7-noyabr kuni “O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisi Rozukulov Ulug'bek Ubaydullayevich hamda Boshqaruv raisining Innovatsiya va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Xidoyatov Davron Abdulpattaxovich rahbarligida jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Barcha yurtdoshlarimizni o‘zlarini qiziqtirgan taklif, mulohaza va murojaatlari bilan taklif qilib qolamiz.
Manzil: “UzAuto Motors” AJ
Andijon viloyati, Asaka shahri, Xumo ko‘chasi, 81-uy.