Özbekistonda eng köp sotilayotgan avtomobillar önl...
Özbekistonga yengil avtomobillar importining sezilarli darajada oşişiga qaramay, Chevrolet brendi mamlakatda eng köp sotiladigan avtomobil markasi bölib qolmoqda. Konsolidatsiyalangan ma’lumotlarga köra, 2023 yilda Chevrolet öz savdosini 31% ga oşirib, içki bozorda 369 980 dona avtomobil sotdi. Biroq, şunga qaramay, mahalliy işlab çiqaruvçi öz bozor uluşini saqlab qola olmadi – yil davomida u 90,6% dan 81,9% gaça kamaydi.
Yil yakunlariga köra, ikkinçi örinni 3,3% bozor uluşi bilan Kia egalladi, uçinçi örinda Chery (2,1%), törtinçi örinda esa elektromobillar va gibridlarga urğu berayotgan yana bir Xitoy brendi – BYD (2%) joy oldi. Hyundai esa, Rossiyadan maşina komplektlari yetkazib berilişi töxtatilgani sababli, savdosi sezilarli darajada kamayib, bozor uluşi ötgan yilga nisbatan 10 baravarga qisqardi va 0,2% ni taşkil qildi.
Özbekiston bozorida eng köp sotilgan avtomobillar önligida yetti model Chevrolet’ga tegişli. Eng maşhur beşta model quyidagiça taqsimlandi: Damas (Labo bilan birgalikda), Cobalt, Lacetti, Tracker va Onix. Uşbu barça modellar mahalliy işlab çiqariş mahsulidir.
Oltinçi örinda Xitoyning BYD Song Plus modeli joylaşgan. Ettinçi poğonani Chery Tiggo 7 PRO egallagan bölsa, sakkizinçi öringa Kia Sportage joylaşdi. Töqqizinçi va öninçi örinlarni yana ikkita Chevrolet modeli – Malibu va Equinox band qildi.
Yigirmatalikning ikkinçi yarmi quyidagiça şakllandi: Kia K5, mahalliy işlab çiqarilgan Chevrolet Nexia, Kia Seltos va Sorento, BYD Çasor, Chevrolet Spark, Chery Arrizo va Tiggo 8 PRO, Kia Bongo hamda Volkswagen Caddy.