UzAuto Motors yangi yil arafasida Chevrolet Onix Premier uçun şartnomalar tuziş boşlanganini ma’lum qiladi. 2023-yilning 9-yanvaridan boşlab Chevrolet Onix’ning yangi komplektatsiyasini sotib oliş uçun şartnoma rasmiylaştiriş mumkin.
Zamonaviy, dadil va yorqin eksteryer bularning barçasi Chevrolet Onix haqida. Özbekistonda işlab çiqarilişidan ança oldin maşhur bölgan avtomobil. Chevrolet Onix özida avtoixlosmandlarning barça talablarini mujassam etadi. Va, endi u Primier komplektatsiyada taqdim etiladi.

Chevrolet Onix işlab çiqariş böyiça loyihani amalga oşiriş doirasida Аsaka zavodida lazerli va plazmali payvandlaş kabi yangi texnologiyalar özlaştirildi, bu kuzovga qöşimça qattiqlik bağişlaydi, payvandlaş kuçini oşiradi, egiluvlarsiz yuqori payvandlaş aniqligini kafolatlaydi, tanadagi böşliqlarni bartaraf etişni ta’minlaydi. Ideal nisbatlarni yuqori aniqlikdagi işlab çiqariş korpusni lazer bilan ölçaş orqali ta'minlanadi, bu ham zavodning işlab çiqariş jarayonlarini keng kölamli modernizatsiya qiliş doirasida joriy etilgan.

Bundan taşqari, UzAuto Motors Powertrain zavodida yangi kuçli va tejamkor 3-silindrli 1,2 l hajmga ega CSS Prime turbo dvigatellarini işlab çiqariş özlaştirildi. Onix aynan uşbu dvigatellar bilan jihozlanadi. Yangi 132 l.s. quvvatli dvigatel zamonaviy texnologiyalar asosida alyuminiydan tayyorlanadi, bu esa uning yengilroq va samaradorroq bölişiga xizmat qiladi. Yiğişning har bir bosqiçida dvigatel qismlarining yuzasi lazer bilan işlov beriladi. Bu dvigatelga begona eng kiçik mikrozarraçalar kirib kelişining oldini oladi. 132 ot kuçiga ega bölgan uşbu dvigatellar darhol öz kuçini his qiliş va avtomobilga dinamikani beriş imkonini beradi.
Yangi liniya Fransiya, Germaniya, Xitoy va Koreya davlatlarining yetakçi işlab çiqaruvçilariga tegişli uskunalardan taşkil topgan bölib, 55%i robotlaştirilgan. Issiq hajmli ştamplaş texnologiyasi ham keng qöllaniladi, bu dvigatelga bir qator afzalliklarni beradi, qismlarning mustahkamligi va aniqligini ta'minlaydi.

Şuningdek, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş maqsadida plastik yoqilği baklari, rullar, rezina ziçlaştirgiçlar, çöyan, issiq ştamplaş detallari va boşqa butlovçi qismlarni işlab çiqariş böyiça yangi zavodlarni işga tuşiriş, yangi işlab çiqariş texnologiyalarini joriy etiş dasturi amalga oşirilmoqda.
Uşbu dasturni amalga oşiriş va yangi işlab çiqariş korxonalarini işga tuşiriş GM GEM platformasi negizida bir vaqtning özida bir neçta modelni işlab çiqariş va 60%dan yuqori mahalliylaştiriş darajasiga erişiş imkoniyatini beradi.

Chevrolet Onix yanada zamonaviy va yanada foydali opsiyalar bilan boy:
Ergonomik asboblar paneli modelni osonroq tuşunişga yordam beradi va erkinlik hissini beradi, teksturali rasm esa unga yanada qulaylik hissini bağişlaydi.

Chevrolet Onix displeyi avtomobilning yuqori texnologiyali dizaynining markaziy qismidir, intuitiv 8 dyuymli axborot-köngiloçar tizimi esa yuqori darajadagi premium va qulay boşqarişni qöşadi.
Salon sport uslubidagi örindiqlar bilan jihozlangan, yuqori sifatli qoplamasi avtomobilning ilgari çiqqan modellariga nisbatan haşamdor va zamonaviyroq köriniş beradi.
Şuningdek, xaridorlarning taklifidan kelib çiqib, yarimavtomat töxtaş tizimi, old parktroniklar va körinişi çeklangan joylar nazorati datçigi opsilari maxsus örnatildi.
UzAuto Motors tomonidan işlab çiqarilgan oldingi avtomobillarning komplektatsiyalaridan farqli ölaroq, yuqorida sanab ötilgan barça opsiyalar va butlovçi qismlar Özbekiston avtomobil işlab çiqariş tarixida yangi hisoblanadi.

Chevrolet Onix Premier quyida keltirilgan opsiyalar bilan jihozlangan:
-Kalitsiz kiriş;
-simsiz quvvatlaş tizimi;
-klimat kontrol;
–kruiz kontrol;
-elektron lyuk;
-kombinatsiyalangan (eko çarm va yuqori sifatli mato) qoplamalar;
-old va orqa örindiq isitgiçlar;
-svetodiod orqa çiroqlar;
-proyeksiya turidagi faralar;
-yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) töxtaş tizimi;
-old va orqa parktroniklar;
-körinişi çeklangan joylar nazorati datçigi;
-16’ orginal dizaynli quyma disklar;
-faralar öçişining keçiktirilişi tizimi (Follow Me Home);
-tezlikni çeklovçi opsiya.


Chevrolet Onix Premierning quyidagi komplektatsiyalariga buyurtma beriş mumkin.
Premier 1 - 185 131 250 söm;
Premier 2 - 191 739 286 söm.
* Narxlar QQSsiz körsatilgan.

Chevrolet Onix avtomobilini “UzAuto Motors”ning rasmiy saytidagi va www.chevrolet.uz ning yangi avtomobilni sotiş uçun avtorizatsiyadan ötgan dilerlik markazlaridan sotib olişingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot oliş uçun (+998) 78–141–77−77 raqamiga qönğiroq qilişingiz yoki www.chevrolet.uz va UzAuto Motors kompaniyasining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga murojaat qilişingiz mumkin.
