Turin politexnika universitetining yangi oçilgan "...
“Özavtosanoat” AJ tarkibiga kirgan Toşkent şahar Turin politexnika universiteti "aerokosmik muhandisligi"ga 2023/2024-öquv yili uçun hujjatlar qabuli oçdi.
Yangi ta’lim yönalişi böyiça 100 ta örin oçildi, şundan 50 tasi grant asosida.
Uçuvçi bölişni orzu qilgan eng yaxşi bitiruvçilar uçun “Uzbekistan Airways” kompaniyasi suhbat ötkazadi va saralaş natijasidan söng, uçuvçilar uçun möljallangan 18 oylik maktabiga taklif qiladi hamda uçuvçilik kasbini örgatadi. Ta'kidlaş joiz, uşbu dastur 15 dan 20 ming dollargaça baholanadi, ammo Toşkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvçilari uçun bu imkoniyat bepul taqdim etiladi!
Aerokosmik muhandisligi xalqaro diplomi sizga dunyoning istalgan universitetida öqişni davom ettiriş yoki 160 dan ortiq mamlakatlarda, şu jumladan butun Evropa va AQŞda işlaş imkonini beradi.
Hujjatlar qabuli 1-iyundan 30-iyungaça onlayn şaklda polito.uz/admission-info sayti orqali amalga oşiriladi.