“Özavtosanoat” AJ jamoasi sizlarni 30-iyun — Yoşla...
“Özavtosanoat” AJ jamoasi sizlarni 30-iyun — Yoşlar kuni bilan samimiy tabriklaydi.
Bugungi kunda yurtimizda yoşlarning bilim olişi, kasb-hunar egallaşi, öz salohiyatini röyobga çiqarişi hamda jamiyat hayotida faol iştirok etişi uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotida, iqtisodiyotning turli tarmoqlari qatorida avtomobil sanoatini rivojlantirişda ham yoşlarning örni va hissasi tobora ortib bormoqda.
“Özavtosanoat” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan minglab yoş mutaxassislar öz bilim va salohiyati, taşabbuskorligi hamda fidokorona mehnati bilan tarmoq rivojiga munosib hissa qöşib kelmoqda. Işlab çiqariş, muhandislik, axborot texnologiyalari, ilmiy-tadqiqot va boşqaruv yönalişlarida faoliyat yuritayotgan yoşlarimiz bugungi yutuqlarimiz va ertangi muvaffaqiyatlarimizning muhim tayançi hisoblanadi.
Işonamizki, sizlarning bilimga intilişingiz, yangiça fikrlaşingiz va kasbiy mahoratingiz mamlakatimiz avtomobil sanoatini yangi bosqiçlarga olib çiqişda muhim omil bölib xizmat qiladi.
Uşbu bayram munosabati bilan barçangizga mustahkam soğlik, oilaviy farovonlik, kasbiy muvaffaqiyatlar, yangi yutuq va zafarlar tilaymiz.