Manzilga yetib kelgaç, mehmonlarga xavfsizlik böyiça instruktaj tuşuntirildi va avtomobillarni yiğişning töliq jarayonini körsatiş maqsadida iştirokçilarga presslaş, yiğiş va payvandlaş sexlariga ekskursiya uyuştirildi.
Oliy maktab tinglovçilari birinçilardan bölib Chevrolet Tracker 2 va Chevrolet Onix avtomobillarini işlab çiqariş liniyalarini köriş imkoniyatiga ega bölişdi. Joriy yilning avgust-sentabr oylarida kompaniyada uşbu avtomobil modellarini işlab çiqariş uçun işlab çiqariş liniyalari modifikasiya va unifikatsiya qilindi va yaqindan boşlab uşbu avtomobil modellarining kuzov qismlarini işlab çiqariş yölga qöyildi. Chevrolet Tracker 2 va Chevrolet Onix avtomobillarini işlab çiqariş böyiça işlar reja asosida olib borilmoqda.
Turning navbatdagi kuni avtomobilsozlik sohasida mahalliylaştiriş mavzusiga bağişlangan bölib, unda iştirokçilar isitiş, sovutiş, ventilyatsiya, konditsioner tizimlari va avtomobil içki qismi detallarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan zamonaviy korxonalar «UzErae Climate Control» va «Uz Tong Hong» ga taşrif buyurişdi.
Ekskursiya yakunida Oliy maktab tinglovçilari “Uzavtosanoat” AJ, “UzAuto Motors” AJ hamda “Uzautocomponents” MÇJ rahbariyatiga ekskursiya uçun öz minnatdorçiliklarini bildirişdi.