UzAuto Motors xodimlari “Mehnat şurati” ordeni va...
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Farmoni bilan «Özbekiston Respublikasi mustaqilligining öttiz bir yilligi munosabati bilan davlat xizmatçilari hamda işlab çiqariş va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida» Prezident farmoniga köra “UzAuto Motors” kompaniyasining xodimlari Qambarov Nomonjon Mamajonoviç “Mehnat şuhrati” ordeni bilan hamda Jalilov Dilmurod Sotvoldiyeviç “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi.
“UzAuto Motors” kompaniyasi Qambarov Nomonjon va Jalilov Dilmurodni yuksak mukofot sohiblariga aylanganliklari bilan samimiy tabriklab, ularga öz minnatdorçiligini bildiradi. Ularni eng avvalo, yaqinlaşib kelayotgan buyuk bayram - Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan tabriklab, kelajakda xizmat faoliyatlarida zafarlar, bundanda yuksak mukofotlarga munosib topilişlarini, şuningdek, sihat-salomatlik, uzoq umr va yaqinlari ğamxörligi ostida umrguzaronlik qilişlarini tilab qoladi.
Qambarov Nomonjon Mamajonoviç 1964 yil Andijon viloyatida tuğilgan. U 1994 yildan buyon “UzAuto Motors” AJda öz faoliyatini logistika bölimida havozali kran haydovçisi sifatida boşlagan. 28 yillik iş faoliyatiga ega. Öz faoliyati davomida köplab ratsionalizatorlik takliflarini kiritib, şundan bir neçtasini amaliyotga tadbiq etgan. Öz navbatida bu körsatkiç yil sayin ösib bormoqda. Qambarov Nomonjon Özbekistonda işlab çiqarilayotgan avtomobillarni sifatli va jahon andozalariga mos ravişda bölişini ta’minlab, mamlakatimiz avtomobil sanoati rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan kasb fidoiysi, namunali oila boşliği, hamkasblari va mahalladoşlari örtasida hurmat qozongan malakali xodim hisoblanadi.
Jalilov Dilmurod Sotvoldiyeviç 1975 yilda Andijon viloyatida tuğilgan. Mehnat faoliyatini 1996 yilda Payvandlaş tsexi işçisi lavozimidan boşlagan. Şu kunga qadar turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan. Şaxsiy sifatlari va mehnatsevarligi tufayli jamoa orasida hurmat qozongan. Şu bilan birga, u avtomobilsozlik sohasini rivojlantirişda zalvarli işlarni amalga oşirmoqda.Xalqaro darajadagi sertifikatlarning olinişida jonbozlik körsatib, öziga yuklatilgan vazifa va körsatmalarni muntazam ravişda a’lo darajada bajarib kelgan. Mehnat faoliyati davomida 50 nafardan ortiq malakali şogirdlar tayyorlaşga erişgan.