Ukrainada mart oyidan yangi özbek sedani Ravon R4 sotuvga çiqariladi. Bu haqda Ravon brendining Ukrainadagi rasmiy dileri «Ukr-UzAvto» xabar tarqatdi.
Ravon R4 - bu yuqori talab darajasida jihozlanganligi, narxining hamyonbopligi va texnik tavsiflari bilan raqobatçi avtomobillar orasida alohida ajralib turadigan B-High sinfidagi avtomobildir. Mazkur avtomobil General Motorsning vaqt sinovidan ötgan texnologiyalarini amaliyotga joriy etgan holda Chevrolet Cobalt bazasida yaratilgan.
Ravon R4 quvvati 106 ot kuçiga teng 1,5 litr siğimli dvigatel bilan jihozlangan bölib u Yevro 5 talablariga töliq javob beradi. Avtomobil Ukrainaga ikki modifikatsiyada: 5 bosqiçli mexanik va 6 bosqiçli avtomat uzatmalar qutisi bilan yetkazib beriladi. Kompaniya mutaxassislarining fikriça, 5 bosqiçli mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan avtomobilning yonilği sarfi 100 km. masofaga şahar içida 8,4 litrni taşkil etsa, 6 bosqiçli avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangani şunga mos tarzda xuddi şu masofaga 10,4 litr yonilği sarflaydi.