MDHdagi eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçi UzAuto...
Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2022–2026-yillarda Yangi Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasiga muvofiq 2022-yilning 6-oktabrida UzAuto Motors’ning IPO’si start oldi. Özbekistonda bu yirik davlat kompaniyasi tomonidan birinçi ommaviy taklif (IPO) hisoblanadi.
Jamiyat jismoniy va yuridik şaxslar sotib olişi mumkin bölgan 5% gaça aksiyalarini «Toşkent» Respublika fond birjasiga joylaştiradi.
Kompaniyaning IPÖga çiqarilişi munosabati bilan taşkil etilgan tantanali tadbirda Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov, «Özavtosanoat» AJ boşqaruvi raisi Şavkat Umurzoqov va «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining boş direktori Bo Andersson yiğilgan salohiyatli investorlarni qutlab murojaat qildi.
“Prezidentimizning tegişli farmon va qarorlariga muvofiq, IPOga möljallangan 23ta bank va kompaniyalar orasida birinçi bölib UzAuto Motors aksiyalarini “Toşkent” fond bozoriga joylaştiriş uçun marketing tadbirlarini boşladi. Bu juda maşaqqatli yöl, bugungi kunga qadar kompaniya jamoasi juda köp işlarni amalga oşirdi. Şu kungaça kompaniya katta transformatsiya jarayonini amalga oşirdi, moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlariga keltirdi, xalqaro kredit reytinglari oldi va katta maşaqqatlardan söng xalqaro obligatsiyalarini London fond birjasiga joylaştirdi. Mana bugun kompaniya aksiyalarni mahalliy fond bozorida yirik davlat kompaniyalari orasida birinçi bölib joylaştiriş arafasida turibdi. Öylaymanki, mahalliy va xorijiy investorlar UzAuto Motors kompaniyasi aksiyalarini sotib oliş uçun va uning bir qismi böliş uçun juda katta qiziqiş bildirişmoqda.” — dedi Odilbek Isoqov.
«UzAuto Motors aksiyalarini ommaviy joylaştiriş va xususiy sektorni investitsiyalarga jalb etiş kompaniyaning strategik rivojlanişi uçun muhim qadamdir. Kompaniyaning sönggi yillarda jadal rivojlanişi va köplab yutuqlari uni işonçli sarmoyaviy hamkorga aylantirdi. UzAuto jamoasining birgalikdagi sa’y-harakatlari va davlat rahbarining bevosita kömagi bilan UzAuto Motors zarar köruvçi va subsidiyalangan kompaniyadan xorijiy mamlakatlarda işlab çiqarişni yölga qöygan eng yirik va eng daromadli avtomobil işlab çiqaruvçi korxonaga aylandi», — dedi Şavkat Umurzoqov.
Tadbirda «UzAuto Motors» AJ taqdimoti bölib ötdi, unda kompaniya moliyaviy barqarorligining asosiy körsatkiçlari hamda kelgusida rivojlaniş strategiyasi körsatilgan.
Joriy yilning iyul oyida UzAuto Motors aksiyalarini birlamçi joylaştiriş (IPO)ning anderrayteri tender natijalariga köra Ham Özbekistonda ham va çet elda IPO, ham SPOni taşkil etişda katta tajribaga ega «Freedom Broker» investitsiya kompaniyasi tomonidan tanlangan. Xususiylaştirişning birinçi bosqiçida UzAuto Motors 5% gaça aksiyalarini “Toşkent” Respublika fond birjasiga joylaştiradi.«UzAuto Motors IPOsi — Özbekistonda uzoq kutilgan IPOlardandir. Bunday kompaniyalarning öz aktsiyalarini keng doiradagi investorlarga sotiş imkoniyati bilan IPOga çiqişi mahalliy kapital bozorini rivojlantiriş va rağbatlantirişda muhim buriliş hisoblanadi. Boşqa mamlakatlarda ham yirik milliy kompaniyalarning qimmatli qoğozlari investitsiya vositasi sifatida yaxşi işlaydi va Özbekistonda ham samarali işlaydi. Tahlilçilar IPOdan söng avtomobil işlab çiqaruvçisi aksiyalari narxi oşişini kutişmoqda, çunki bu işonçli va foyda keltiruvçi korxona», — deya izoh berdi, «Freedom Broker» ijroçi direktori Evgeniy Mojeyko.
Tahlilçilarning prognozlari avtomobil işlab çiqaruvçi korxonaning iqtisodiy körsatkiçlariga asoslanadi — 2020-yildan buyon «UzAuto Motors» Özbekistondagi eng yirik soliq tölovçilar önligidan joy oldi. Kompaniyaning işlab çiqariş hajmi sönggi 5 yilda 2,4 barobarga, sof foyda esa 3,4 barobarga oşirildi. Keyingi 5 yillikda uşbu körsatkiçlarni mos ravişda 147% va 164%ga oşiriş rejalaştirilgan.
«UzAuto Motors» kompaniyasining jozibadorligi xalqaro kapital bozorida uning qimmatli qoğozlariga bölgan qiziqişni tasdiqlaydi. 2021-yilda avtomobil işlab çiqaruvçisi London fond birjasiga 300 million dollarlik yevroobligatsiyalarni joylaştirgan edi. Şunda talab taklifdan 5 barobargaça oşib ketgan.
«UzAuto Motors» AJ MDHdagi eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçisi bölib, 1993-yilda taşkil etilgan. Kompaniyaning General Motors Global (AQŞ) bilan strategik hamkorligi doirasida kompaniya Chevrolet rusumli avtomobillarning keng assortimentini töliq tsikl (CKD) asosida işlab çiqaradi. Özbekistonda işlab çiqariş Asaka (Andijon viloyati) va Pitnak (Xorazm viloyati)dagi zavodlarda amalga oşiriladi. Qozoğiston va Ozarbayjonda «UzAuto Motors» avtomobillarini yiğiş yölga qöyilgan.
«Freedom Broker» (sobiq Freedom Finance) — investitsiya kompaniyasi. U dunyoning 12 davlatida faoliyat yurituvçi «Freedom Holding Corp» xalqaro xoldingi tarkibiga kiradi. Xolding AQŞ, MDH davlatlari va Yevropa fond bozorlariga töğridan-töğri kiriş imkonini beradi, bu jahon gigantlari — Apple, Microsoft, Telsa, Zoom, Alibaba, Twitter va boşqalarning qimmatli qoğozlariga sarmoya kiritiş imkonini beradi.