Toşkentda badiiy gimnastika böyiça Jahon kubogi st...
An’anaga köra, har yili aprel oyida Toşkent xalqaro miqyosidagi eng yirik sport musobaqalaridan biriga mezbonlik qiladi. Musobaqalar 14 aprel kuni start oldi va şu kuni turnirning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Bu yilgi kubok geografiyasi avvalgi yillarga nisabat kengaygan. Poytaxtimizdagi musobaqa maydonçasiga Avstraliya, Ozarbayjon, Bolgariya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Kuba, Misr, Estoniya, Finlyandiya, Germaniya, Italiya, Vengriya, Hindiston, Yaponiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Koreya, Latviya, Malayziya, Moldova, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Filippin, Ruminiya, Janubiy Afrika, Sloveniya, Tailand, Turkiya, AQŞ kabi jami 30dan ziyod mamlakatdan iştirokçilar taşrif buyurişadi.
Toşkentda bölib ötayotgan jahon çempionatida Özbekiston şarafini Osiyo çempioni, Islom birdamlik öyinlari, şuningdek, jahon çempionatlari ğolibi, terma jamoa yetakçisi Taxmina Ikromova, Osiyo çempioni, Islom birdamlik öyinlari çempioni Yosmina Rahimovalar himoya qiladi. Guruh maşqlarida: Yekaterina Fetisova, Ruxşona Dehqonova, Şahzada Ibragimova, Nargiza Jumaniyozov, Mumtoza Isxakzoda, Hirodaxon Sadikova jamoada iştirok etişadi. Eslatib ötamiz, Yekaterina Fetisova 2020 yilgi Olimpiada öyinlarining individual maşqlar böyiça iştirokçisi.
Nufuzli xalqaro turnir taşkilotçilari – Sportni rivojlantiriş vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi, Özbekiston gimnastika federatsiyasi, Toşkent şahar hokimligi. Boş homiy “Özavtosanoat” AJ.
Eslatib ötamiz, “Özavtosanoat” köp yillardan buyon milliy gimnastikaga katta yordam körsatib kelmoqda. Kompaniya bundan keyin ham uşbu xayrli an’anani davom ettiriş va sportçilarning yuksak natijalarga erişişi uçun barça şart-şaroitlarni yaratişni maqsad qilmoqda.
Ma’lumot uçun: Özbekistonda ilk bor badiiy gimnastika böyiça bunday yuqori miqyosdagi turnirlar 2004 va 2005-yillarda ötkazilgan. Yana 5 yildan söng 2010 yilda Toşkentda Osiyo çempionati bölib ötdi. Öşandan beri poytaxtimizda har yili dunyoning eng kuçli gimnastikaçilari taşrif buyuradilar. Musobaqalarning yuqori saviyada taşkil etilişi esa Xalqaro gimnastika federatsiyasi a’zolarining fikriça, Özbekiston federatsiyasiga gimnastika böyiça eng yaxşi 10 ta taşkilot qatoriga kiriş imkonini berdi.