Toşkent politexnika muzeyida “Nauka 0+” xalqaro i...
1–2 noyabr kunlari Toşkent politexnika muzeyida Özbekiston va Rossiya hamkorligida IV “Nauka 0+” xalqaro ilmiy festivali bölib ötdi. Mazkur festival yoşlarni ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va kaşfiyotlar orqali rivojlantirişga yönaltirilgan bölib, bu yilgi asosiy mavzusi “Sening kvant realliging” deb nomlandi. Tadbir BMT tomonidan e’lon qilingan Xalqaro kvant fanlari va texnologiyalari yiliga bağişlandi.
Festivalning eng muhim jihatlaridan biri - unda kiçik yoşdagi bolalardan tortib, kattalargaça bölgan iştirokçilar uçun teng imkoniyatlar yaratilganidir. Tadbir yoş tadqiqotçilar, talabalar, olimlar, şuningdek ilm-fan, texnika va innovatsiyalarga qiziquvçi keng jamoatçilikni birlaştirgan öziga xos ilmiy platformaga aylandi.
Festivalda Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Rossiya fanlar akademiyasi hamda Özbekistonning yetakçi oliy ta’lim muassasalari vakillari iştirok etdilar.