Toshkentda Asia Auto Gymkhana Championship 2025 fi...
Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida 2025 yilgi “Gymkhana” bo‘yicha Osiyo chempionatining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 13 davlatdan kelgan poygachilar hamda Osiyo–Tinch okeani mintaqasidan 40 nafardan ortiq haydovchilar ishtirok etdi. Musobaqa Oʻzbekiston Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi (NAFKU) tomonidan tashkil etildi.
Bellashuvlar erkaklar va ayollar juftliklari, aralash juftliklar hamda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi yakka tartibdagi musobaqalar toifalarda bo‘lib o‘tdi. Mavsum yakunlariga ko‘ra, chempionat debyutanti Sabina Yusupova “gymkhana” yo‘nalishidagi ilk mavsumidayoq ayollar toifasida birinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqaning barcha bahslari Chevrolet Onix avtomobillarida o‘tkazildi. “Gymkhana” sharoitida mazkur model o‘zining ishonchliligi, manevrga layoqati, barqarorligi va yuqori dinamik ko‘rsatkichlarini namoyon etdi. NAFKU federatsiyasi Chevrolet brendiga avtomobillar taqdim etilgani hamda mamlakatda avtosportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.