TTPUda BYD Uzbekistan Factory vakili ishtirokida m...
2026-yil 11-sentabr kuni “BYD Uzbekistan Factory” MChJ QK Bosh direktori o‘rinbosari Alimov Shafqatbek Shavkatbekovich TTPUga tashrif buyurib, talabalar uchun mehmon ma’ruzasi o‘tkazdi.
Ma’ruzada BYD Uzbekistan Factory faoliyati, global avtomobil sanoatidagi so‘nggi tendensiyalar, avtomobil muhandisligi, benchmarking jarayoni hamda muhandislar uchun karyera imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.
Ma’ruza yakunida savol-javob sessiyasi o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.