TTPUda «UZSUNGWOO» kompaniyasi rahbari bilan uçraş...
Bugun, 2026-yil 22-oktabr kuni Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetida «UZSUNGWOO»MÇJ qöşma korxonasi boş direktori Möminjonov Şohruh Iminoviç iştirokida talabalar bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuv davomida talabalar korxona faoliyati, avtomobilsozlik sanoatidagi işlab çiqariş jarayonlari va zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot oldilar. Xususan, avtomobil kuzov qismlarini ştamplaş va payvandlaş bosqiçlari, işlab çiqarişda qöllaniladigan texnologik uskunalar hamda mahsulot sifatini nazorat qiliş tizimi haqida söz yuritildi.
Şuningdek, talabalar Chevrolet Cobalt, Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix avtomobillari uçun işlab çiqariladigan kuzov qismlari, robotlaştirilgan işlab çiqariş liniyalari va zamonaviy lazerli kesiş uskunalari bilan tanişdilar.
Uçraşuv yakunida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda sanoat korxonasining amaliy tajribasi bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar.
Bunday uçraşuvlar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan boğlaş, zamonaviy işlab çiqariş texnologiyalarini örganiş va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini oşirişda muhim ahamiyatga ega.