“Özavtosanoat” AJ rahbariyatining talabalar bilan...
Özbekiston Respublikasi Prezidenti topşiriği ijrosini ta’minlaş maqsadida Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetida “Özavtosanoat” AJ rahbariyatining talabalar bilan mamlakat avtomobil sanoatini rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan uçraşuvi bölib ötdi.
Tadbir davomida soha uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş masalalari, şuningdek, bitiruvçilarning kelgusida tizim korxonalarida iş bilan ta’minlaniş istiqbollari muhokama qilindi.
Talabalarga avtomobil sanoatining şakllanişi va rivojlaniş bosqiçlari, mavjud işlab çiqariş quvvatlari, mahalliylaştiriş jarayonlari hamda eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, sohada amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalari va zamonaviy işlab çiqariş yondaşuvlari yuzasidan tuşuntirişlar taqdim etildi.
Tadbir doirasida talabalar avtomobil sanoatining bugungi holati, uning kelgusidagi rivojlaniş yönalişlari hamda sohada yoş mutaxassislar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.