“Turin x IT Park: AI Hackathon 2025” oçiliş marosi...
2025-yil 23-may kuni Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetida “Turin x IT Park: AI Hackathon 2025” xakatonining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbir IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda, "ÖzAvtosanoat" AJ boş homiyligida taşkil etildi.
Oçiliş marosimida Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetining Yoşlar bilan işlaş böyiça birinçi prorektori Aşurov Alişer Abdimavlonoviç, Moliyaviy-iqtisodiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor Baxtiyor Yoqubov, "UzAuto Motors" AJ Axborot texnologiyalari direksiyasi direktori Aziz Abdullaev, şuningdek, IT Park vakillari iştirok etdi.
Tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–358-sonli qarorida belgilangan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgaça rivojlantiriş strategiyasi”ni amaliyotda tatbiq etişga qaratilgan bölib, yoşlarning sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohasidagi salohiyatini röyobga çiqariş, ularni zamonaviy texnologiyalarga keng jalb etiş maqsadida taşkil etilgan.
Xakatonning "1-checkpoint" bosqiçiga 120 nafarga yaqin iştirokçi yoşlar röyxatdan ötib, 45 ta jamoa şakllantirildi.