“UzAuto-INZI”da xodimlar o‘rtasida futbol musobaqa...
UzAuto-INZIda 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan “UzAuto-INZI Ligasi-2026” futbol musobaqasi tashkil etildi.
Liga formatida o‘tkazilgan musobaqada korxonaning turli bo‘lim va sexlaridan shakllantirilgan 7 ta jamoa tarkibidagi 70 nafar xodim ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Quyuv-erituv uchastkasining “Foundry” jamoasi 1-o‘rinni, Sifat nazorati bo‘limining “Sifat FJ” jamoasi 2-o‘rinni hamda Sirtqi ishlov berish sexining “Deburring” jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, musobaqaning eng yaxshi ishtirokchilari ham taqdirlandi. “Sifat FJ” jamoasi hujumchisi To‘laganov Azamat “Musobaqa to‘purari”, “Foundry” jamoasi darvozaboni Xudoyberdiyev Izzatilla “Eng yaxshi darvozabon”, “Deburring” jamoasi futbolchisi Abdiev Otabek esa “Eng yaxshi futbolchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Musobaqa yakunida faol ishtirok etgan jamoalar munosib taqdirlandi.