Bugun, 31-may kuni UzAuto Motors aksiyadorlarining birinçi umumiy yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişning asosiy masalasi aksiyadorlarga tölanadigan dividendlar miqdori, şuningdek uni tölaş şakli va tartibini belgilaşdan iborat böldi.
Tadbirda emitent tomondan “Uzavtosanoat” AJ boşqaruv raisi örinbosari Azizbek Şukurov, “UzAuto Motors” AJ boş direktori Bo Inge Andersson, UzAuto Motors AJ Iqtisodiyot va moliya böyiça boşqaruvçi direktor Kamoliddin Umurzakov hamda UzAuto Motors “Korporativ va mulkiy munosabatlar” böyiça direktori Farruhbek Abdusalomov iştirok etişdi. Aksiyadorlar umumiy yiğilişining kvorumi 99,81 foizni taşkil etdi.
Yiğiliş dividend tölovlari miqdori va boşqa bir qator taşkiliy masalalarni ovoz beriş yöli bilan muhokama qiliş va tasdiqlaş maydoniga aylanib, kompaniya va uning aksiyadorlari örtasida şaffoflik va işonçni mustahkamlaşga xizmat qildi.
Kun tartibida kompaniyaning 2022 yil uçun taqsimlanmagan foydasining 42,5 foizini aksiyadorlar örtasida taqsimlaş belgilandi, ya'ni 3 oy davomida aksiyadorlarga deyarli 5 foiz, yillik hisobda esa 17 foizdan köproq foyda keltirdi.
Yillik işlab çiqariş hamda eksport hajmining ösişi, şuningdek, eksport bozorlarida işlab çiqariş quvvatlarining kengayişi natijasida foydaning ortişi hisobga olinsa, UzAuto Motors kompaniyasi aksiyalar rentabelligining keyingi ijobiy dinamikasiga umid qiladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi PQ-90-son qaroriga köra 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrga qadar barça jismoniy şaxslarning aksiyalar böyiça hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari daromad soliğidan ozod qilingan. Özbekiston Respublikasining norezidenti bölgan yuridik şaxslarning aksiyalar böyiça hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlariga Özbekiston Respublikasining rezidenti bölgan yuridik şaxslar singari foyda soliğining 5 foiz stavkasi tatbiq etildi.
2022-yil 17-fevralda Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2022–2026-yillarda Yangi Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasiga muvofiq, UzAuto Motors aksiyalari Toşkent fond birjasiga joylaştirildi. “UzAuto Motors” AJ aksiyalarining ilk ommaviy joylaştirilişi respublikamizda amalga oşirilayotgan xususiylaştiriş va kapital bozorini rivojlantiriş böyiça yirik davlat korxonalari örtasidagi dastlabki qadam hisoblanadi. Ta’kidlaş joiz, “UzAuto Motors” AJ “IPO”si koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqirozdan söng mahalliy fond bozorida amalga oşirilayotgan ilk “IPO” hisoblanadi.