UzAuto Motors AJ texnikum va kollejlar bilan hamko...
"UzAuto Motors" AJ zavodida har yili 100 nafardan ortiq talaba işlab çiqariş amaliyotini ötaydi. Mazkur dastur doirasida Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti qoşidagi Asaka agrotexnologiya texnikumining 17 nafar talabasi ham "UzAuto Motors" zavodida işlab çiqariş va diplom oldi amaliyotlarini ötaşdi. Ularning eng faollari korxonaga işga qabul qilindi.
UzAuto Motors AJ korxonaga malakali kadrlarni yanada jalb qiliş maqsadida texnikum va kollejlar bilan yuqori malakali kadrlar tayyorlaş borasida hamkorlikni rivojlantiriş, nazariya va amaliyot uyğunligini ta’minlaş, talabalarda amaliy könikmalarni şakllantiriş va ularni avtomobilsozlik sohasiga keng jalb qiliş böyiça reja-jadval asosida muntazam işlarni amalga oşirmoqda.
Xususan, Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalari instituti huzuridagi Asaka agrotexnologiyalar texnikumi bilan işlab çiqariş va öquv amaliyotini taşkil etiş böyiça hamkorlik memorandumini imzolagan.
Unga köra, texnikumning 17 nafar talabalari UzAuto Motors’ning avtozavodi hududida- diplom oldi amaliyotlarini ötaşdi. Amaliyot davrida bitiruvçilar işlab çiqariş soha mutaxassislaridan malakali ustozlarga biriktirildi. Amaliyotçilarga mutaxassislikni çuqur egallaşda nazariy va amaliy bilimlar uyğunligi katta ahamiyat kasb etişini inobatga olib, kasbiy könikmalarini takomillaştiriş, şuningdek amaliyot muddatida işlab çiqariş asbob-uskunalaridan foydalaniş malakasini oşiriş böyiça amaliy könikmalar berildi.
Ayni kunlarda Asaka avtozavodi hududida texnikum amaliyotçilarining bitiruv işi himoyasi bölib ötdi. Talabalar amaliyot davomida örgangan ilmiy izlanişlarini korxona va texnikum rahbariyati qarşisida himoya qilişdi.