“UzAuto Motors” AJ UzAutoSavdo onlayn platformasin...
“UzAuto Motors” AJ Chevrolet brendi avtomobillarini masofadan turib xarid qiliş imkonini beradigan raqamli savdo platformasi UzAutoSavdoning (https://uzavtosavdo.uz/) yangilangan versiyasini işga tuşirilganini ma’lum qiladi.
Tizimni yanada takomillaştiriş işlari, avvalo, mijozlar uçun qulaylikni oşiriş, funksionallikni yaxşilaş hamda saytning yanada yuqori darajada şaffofligi va xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan.
UzAutoSavdo (https://uzavtosavdo.uz/) platformasining yangilangan versiyasi quyidagi qulayliklarni öz içiga oladi:
–yangilangan va foydalanuvçi uçun tuşunarli, intuitiv interfeys;
–smartfonlar va kompyuterlar kabi barça turdagi qurilmalarga moslaşuvçan dizayn;
–röyxatdan ötiş va tizimga kiriş jarayonlarining soddalaştirilgan körinişi;
–takomillaştirilgan qulay navigatsiya, yaxşilangan axborot tuzilma va boşqa funksiyalar.
Yangilangan platformaning asosiy afzalliklaridan biri – bu şartnomani töliq masofadan turib rasmiylaştiriş imkoniyatidir. Endi mijozlar avtomobil tanlaşdan tortib, şartnoma oliş va tölovni amalga oşirişgaça bölgan barça bosqiçlarni onlayn tarzda amalga oşirişlari mumkin. Dilerlik markaziga faqat avtomobilni qabul qilib oliş uçun boriş kerak böladi.
Hozirda sayt test rejimida işlamoqda. Tez orada platformada yangi qulay funksiyalar işga tuşiriladi — masalan, test-drayvga yoziliş va avtomobilga texnik xizmat körsatiş uçun onlayn röyxatdan ötiş imkoniyati taqdim etuvçi funksiyalar paydo böladi. Har bir foydalanuvçi ID.gov (https://id.egov.uz/) tizimi orqali röyxatdan ötib, UzAutoSavdo tizimi orqali körsatiladigan barça xizmatlardan foydalanişi mumkin böladi.
Ta’kidlaş joizki, loyihani amalga oşiriş “UzAuto Motors” AJning zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, mijozlar tajribasini yaxşilaş va körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşirişga qaratilgan raqamli transformatsiya strategiyasining bir qismidir.