8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sohadagi ayol xodimlar uçun bayram tadbiri taşkil etildi.
“Özavtosanoat” AJ Boşqaruv raisi boşçiligida tizimda faoliyat olib borayotgan ayol xodimlar uçun samimiy bayram tabriklari yöllanib, esdalik sovğalari topşirildi hamda maxsus bayram dasturi taşkil etildi.
Bayram tadbirida “Özavtosanoat” AJ Boşqaruv raisi iştirok etib, tizim korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning jamiyat va korxona hayotidagi örni tobora ortib borayotganini ta’kidladi. U ayollarning nafaqat işlab çiqariş liniyalarida, balki rahbarlik lavozimlarida ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini alohida qayd etdi. Ularning fidokorona mehnati va sa’y-harakatlari tahsinga loyiqligi ta’kidlanib, barça ayol xodimlarga çuqur minnatdorçilik bildirildi.
Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan mukofotlangan Firuzaxon Temirova yuksak e’tirof sifatida munosib taqdirlandi. Uşbu mukofot davlatimiz rahbari tomonidan barça tizim korxona xotin-qizlariga bölgan e’tibor ekanligi ta’kidlandi.
Şuningdek, “UzAuto Motors” AJ Asaka zavodida ham bayram munosabati bilan tadbir uyuştirilib, barça ayol xodimlar bayram bilan tabriklandi. Ularga esdalik sovğalari ulaşildi.