
Özbekiston avtomobil bozorida taklifning ortib borişi avtomobillarning çakana sotuvida yangi yondaşuvlarni talab qiladi. Kompaniya tomonidan işlab çiqariş hajmini oşiriş böyiça olib borilgan uzluksiz işlar xaridorlarga “vositaçilarni” çetlab ötib, avtomobillarning mavjudligini oşirişga imkon berdi. Buning natijasida, ikkilamçi bozorda avtomobil narxlari keskin pasaydi.
UzAuto Motors bozorda talab ortib borayotganiga hisobga olgan holda Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarini işlab çiqariş hajmini qöşimça ravişda oşiriş masalasini işlab çiqdi. Bundan taşqari, oldingi şartnoma paytida keçiktirilgan tölov 2024-yilda işlab çiqarilgan avtomobillarning bir qismini çiqarişga olib keldi, bu esa kompaniyaga qöşimça avtomobillarni taklif qiliş imkonini beradi. Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillari uçun şartnomalar oçiliş sanasi keyinroq e’lon qilinadi.
Kontraktatsiya uçun oçiladigan qöşimça hajm 2024-yilning ikkinçi yarmida işlab çiqarilişi hisobga olgan holda, Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi 3,5-6,7 foizgaça bölgan oraliqda qayta körib çiqiladi.
Bundan taşqari, UzAuto Motors rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq avtomobillar sotuv tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etmoqda. Uşbu tizimga köra, dilerliklarga keyinçalik sotiş uçun avtomobillarni xarid qiliş imkoniyati beriladi. Şu bilan birga, dilerliklarga avtomobil uçun tavsiya etilgan çakana qiymat belgilanadi.
Uşbu yondaşuv nafaqat dilerlik markazlari örtasidagi raqobatni kuçaytiradi, balki xizmat körsatiş sifatini yaxşilaydi. Dilerlik markazlari xizmat körsatiş sifati va innovatsion xizmatlarni yaxşilaş orqali qöşimça opsiyalar va aksessuarlarni taklif qiliş imkoniyatiga ega bölişadi.
UzAuto Motors’ning dilerliklar bilan özaro hamkorlikning yangi tizimiga ötişi yanada samarali va innovatsion savdo usullarini taqdim etişga qaratilgan qadamdir. Onlayn-kontraktatsiya va savdo-sotuv tizimi iste’molçilar, dilerliklar va kompaniyaning özi uçun yanada ixçam va qulay modelni taqdim etadi, bu esa avtomobil sanoatida transparentlik va rivojlanişga turtki beradi.
