May oyi UzAuto Motors uçun rekord darajada işlab çiqarilgan avtomobillar soni bilan yakunlandi. Joriy yilning may oyida kompaniya zavodlarida 39 mingdan ziyod avtomobil işlab çiqarilgan. Şu bilan birga, uşbu hajmning 92 %i içki bozorga yönaltirildi.

Işlab çiqariş hajmini oşiriş dasturi doirasida UzAuto Motors işlab çiqariş jarayonini optimallaştiriş va modernizatsiya qiliş işlarini davom ettirmoqda. Işlab çiqarilgan avtomobillar sonini köpaytiriş maqsadida zavod 24/7 iş rejimiga ötkazildi. Zavodlarning örtaça quvvati odatda oyiga 30 000 dona avtomobil ekanligini hisobga olsak, may oyida 25 foizga köproq avtomobil işlab çiqarilgan.
Içki bozor talabini töliq ta’minlaş maqsadida UzAuto Motors bundan buyon ham uşbu sur’atni saqlab qolişni davom ettiriş va maksimal natijalarga erişişga harakat qiladi.
Eslatib ötamiz, 2022-yilda UzAuto Motors 327 639 dona avtomobil işlab çiqarib rekord örnatdi va bu kompaniyaga MDHda yetakçi avtomobil işlab çiqaruvçisiga aylaniş imkonini berdi.
