“UzAuto Motors” ta’lim sohasida hamkorlikni kengay...
Mamlakatimizdagi eng yirik işlab çiqaruvçilardan biri hisoblangan “UzAuto Motors” kompaniyasi Özbekistonning yetakçi Oliy öquv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöygan holda, u yerda tahsil olayotgan talabalarning avtomobilsozlik sohasidagi bilim va könikmalarini oşiriş borasida samarali işlarni olib bormoqda. Ta’kidlaş joiz, avtomobilsozlik sanoatida innovatsiyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaşdir ayni hamkorlikning asosiy yönalişlaridan biridir.
Xususan, 22-noyabr kuni “UzAuto Motors” kompaniyasi va Toşkent şahridagi Amity universiteti örtasida talabalarni avtomobilsozlik sohasini örganişga jalb qiliş hamda kelgusida uşbu yönalişda amaliy dasturlar yaratiş böyiça hamkorlikda işlaşni nazarda tutuvçi özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.
Şuningdek, universitetlar bilan hamkorlikni kengaytiriş dasturi doirasida janob Andersson Toşkent davlat texnika universiteti talabalari bilan ham uçraşib, ular bilan kompaniya yutuqlari va bugungi faoliyati bilan örtoqlaşdi.
Uçraşuvda bitiruvçi bosqiç talabalarini iş bilan ta'minlaş, öquv-amaliyoti va ekskursiyalar taşkil etiş böyiça kelişib olindi. Muloqot davomida bitiruvçilar özlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar va tadbir yakunida viktorina ötkazilib, 5 nafar ğolib talabaga korxona nomidan esdalik sovğalari topşirildi.