UzAuto Motors uchun har bir mijoz muhim, uning man...
Barchaga ma’lumki, UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish hajmini oshirib, uni kutish vaqtini qisqartirib bormoqda. Iste’molchilarning avtomobilga bo‘lgan talablarini bajarishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli, ta’minotchilar tomonidan komponentlarni yetkazib berilishida kuzatilayotgan uzilishlar yuzaga kelmoqda. Mazkur muddat davriga to‘g‘ri kelgan shartnomalar bo‘yicha kompaniya 3.1.1 bandini qo‘llashga hamda 3.1 bandda koʻrsatilgan muddatni 45 kunga uzaytirishga majbur bo‘lmoqda.
“Uzauto Motors” AJ rahbariyati va jamoasi oʻz mijozlarimizdan keltirilgan noqulayliklarni tushunishlarini so‘rab qoladi.
Agar ushbu muddat ham o‘tgan taqdirda, avtomobil sotib olish shartnomasining 5.1 bandiga muvofiq, xaridor dilerdan har bir kechiktirilgan kun uchun mahsulot qiymatining 0.01 foizi miqdorida penya undirish huquqiga ega.
Kompaniya imkon qadar yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etib, avtomobil sotib olish shartnomasi shartiga qat’iy amal qiladi va avtomobilni mijozga o‘z vaqtida yetkazib beradi.