Volkswagen: Özbekiston bozorida mavjudligini kenga...
Volkswagen brendining Özbekiston bozoridagi mavjudligi 2019-yilda Jizzax şahridagi işlab çiqariş maydonçasida Caddy yengil tijorat avtomobillari va Skoda Kodiaq oilaviy krossoverining yiğilişi bilan boşlangan.
IV Toşkent Xalqaro Investitsiya Forumi doirasida Volkswagen AG va “Özavtosanoat” AJ tarkibiy korxonasi — “Alyans Auto” kompaniyasi örtasida zamonaviy yengil avtomobillar, sedanlardan tortib to töliq ölçamli krossoverlargaça bölgan model qatorini kengaytiriş böyiça yangi kelişuv imzolandi. Barça modellar mahalliy bozor şaroitlari va iste’molçilar talablariga moslaştiriladi.
Imzolangan kelişuv hamkorlikning izçilligi va strategik yönalişini aks ettirib, muvaffaqiyatli hamkorlikning mantiqiy davomi va Volkswagen brendining mintaqadagi barqaror rivojlaniş yölidagi muhim qadami böldi.
“Mintaqaning yuragida joylaşgan Özbekiston avtomobil işlab çiqariş va eksportini taşkil etiş uçun keng imkoniyatlar oçadi. Uşbu hamkorlikni biz Volkswagenning bozordagi barqaror iştirokini kengaytiriş yölidagi muhim qadam deb bilamiz”, — dedi Volkswagen AG Boşqaruv kengaşining savdo, marketing va sotuvdan keyingi xizmat körsatiş böyiça a’zosi Martin Sander.
Loyiha doirasida yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş, texnologiyalarni uzatiş va mamlakatning avtomobil sanoati eksport salohiyatini rivojlantiriş rejalaştirilgan. Ommaviy işlab çiqarişni boşlaş 2025-yil IV çoragiga möljallangan.
Ma'lumot uçun: 2019 yildan boşlab korxona "Jizzax Auto" brendi ostida Volkswagen va Skoda rasmiy işlab çiqaruvçisi va distribyutori sifatida faoliyat körsatdi. Volkswagen kompaniyasining BPDD korporativ auditi natijalariga köra, 2025 yilda kompaniya sifat va mijozlarga yönaltirilgan standartlarga sodiq qolgan holda "Alyans Auto" nomi ostida rebrending va faoliyatini davom ettirdi.