“UzAuto Motors” Chevrolet avtomobil modellarining...
UzAuto Motors butun pandemiya mobaynida 2020-yilning mart oyidan buyon işlab çiqarişni optimallaştiriş va global muammolarning işlab çiqariş jarayoni hamda tannarxga ta’sirini kamaytiriş uçun öz oldiga qöygan yuqori talablar rejasini bajardi.
“Tanaffus” davomida kompaniya navbatlarni barqarorlaştirişga muvaffaq böldi va kompaniya 3-martdan boşlab Chevrolet Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark avtomobillari uçun şartnomalar qayta tiklanişi haqida rasman ma’lum qiladi.
Kompaniya pandemiya davrini yarimötkazgiçlarning global tanqisligi va logistik inqiroz şuningdek, milliy valyuta inflyatsiyasiga qaramay, boşqa mamlakatlardagi avtomobil işlab çiqaruvçilar orasida eng yaxşi natijalar bilan ötkazdi: Ikki yilda avtomobillarning umumiy qiymati özgarmadi, çet el valyutasida esa hatto arzonlaşdi (14%), zavod öz faoliyatini töxtatmay, barça iş örinlarini saqlab qolişga muvaffaq böldi. UzAuto Motors zavodlari faoliyatiga 300 dan ortiq yetkazib beruvçilar, 100 dan ortiq savdo va servis dilerlik korxonalari va turdoş sanoat tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 200 mingdan ortiq xodimlar jalb qilingan.
Bundan taşqari, kompaniya 2020 yilda pandemiyaning eng yuqori çöqqisida barça işlab çiqariş rekordlarini yangilaşga muvaffaq böldi: uç yil içida işlab çiqariş hajmi 1.8 baravarga köpaydi va 280 ming avtomobilni taşkil etdi. Sönggi uç yil içida esa 786 mingta avtomobil işlab çiqarildi. Bu avvalgi uç yilga nisbatan işlab çiqariş 1,8 barobarga oşganini körsatadi. Kompaniya 2019-yildan boşlab davlat imtiyozlaridan bosqiçma-bosqiç voz keçişni amalga oşirdi. Buning natijasida UzAuto va tarmoq korxonalari birgina ötgan yilning özida byudjetga 5,36 trln söm tölagan bölsa, bu 2018-yilga nisbatan 3 barobar köp, sönggi uç yilda esa 13.11 trillion sömni taşkil etdi.
Ammo global logistika inqirozi köplab işlab çiqaruvçilarga ta’sir ötkaza oldi. Agar 2019-yilda avtomobil ehtiyot qismlarini yetkazib beriş muddati 30-40 kun oraliğida tebrangan bölsa, bitta konteynerni Janubi-Ğarbiy Osiyodan Özbekistonga olib ötişning örtaça narxi 4,5-5,0 ming dollarni taşkil etgan bölsa, Janubiy Koreya, Xitoy va Rossiya dengiz portlaridagi tiğizlik uşbu muddatni 6 oygaça çözilişi va bitta konteyner taşişning narxi 12-14 ming dollarni taşkil qildi.
Kutilmagan global logistika inqirozidan taşqari, xomaşyo narxlarining kötarilişi kompaniya ahvolini sezilarli darajada murakkablaştirdi; barça boşqa avtomobil işlab çiqaruvçilarni sönggi ikki yil içida narxlarni 20-40% ga oşirişga majbur qildi. 2020 yildan boşlab xomaşyo narxi sezilarli darajada oşdi, xususan, pölat 70 foizga, mis 64 foizga, alyuminiy qotişmalari 76 foizga, polimerlar 60 foizga qimmatlaşdi.
Barça faktorlar, jumladan, xom aşyo va material narxining oşişi, logistika xarajatlarining sezilarli darajada qimmatlaşişi va boşqa omillar avtomobillar tannarxining modelga qarab 1,8-3,1 ming dollarga oşişiga olib keldi.
Bu yil pandemiya va xomaşyo narxining oşişi bilan boğliq global inqirozlar bilan çeklanib qolmadi. Butun dunyo muammolariga sönggi paytlarda Yevroosiyo mintaqasidagi geosiyosiy vaziyat ham qöşildi. Xalqaro notinçlik vaqtida korxonalarda işlab çiqariş jarayonini ta'minlaş uçun ta'minot zanjiri uzluksizligini ta’minlaş murakkab jarayonligini hisobga olsak, har qanday holatda ham korxonalarning konveyerlarning töxtab qolişiga yöl qöymasdan işlaşini ta'minlaş juda muhimdir.
Bundan taşqari, xom aşyo va materiallar (pölat, polimerlar, katalizatorlar) yetkazib berişning Rossiyadan boşqa mintaqalarga ötkaziliş ehtimoli natijasida 73,2 million dollar (+29%) miqdorida qöşimça xarajatlarga olib kelişi mumkin. Şuningdek, logistika yönalişlarining Rossiya temir yöllaridan transxitoy yönalişiga ötişi ehtimoli natijasida 115,2 million dollar (+45,5%) miqdorida qöşimça xarajatlarga olib kelişi mumkin. Şu bilan birga, “UzAuto” mahalliy iste’molçilar manfaatlarini birinçi öringa qöygan holda, uşbu xarajatlarning oldini oliş va kompaniya faoliyatiga geosiyosiy omillarning ta’sirini minimallaştiriş uçun barça imkoniyatlarni işga soladi.
Bozor tahlili natijalariga köra, şuningdek, xomaşyo tannarxining oşişi, kommunal xizmatlar uçun tariflar, milliy valyutaning qadrsizlanişi va boşqa omillarni hisobga olgan holda, Özbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga muvofiq, UzAuto Motors 2022-yil 3-martdan boşlab işlab çiqarilgan avtomobillarning ayrim modellari uçun çakana narxlarni yangilaşga majbur.
Qayd etiş joizki, 2022-yilda işlab çiqarişga rejalaştirilgan 275 ming dona avtomobilning (şu jumladan eksport uçun 60 ming dona) 60 foizi mahalliy iste’molçilar tomonidan 2020-yil mart oyida belgilangan narxlarda xarid qilingan. Bundan kelib çiqadiki, narxning örtaça yillik özgarişi 3.3% ni taşkil qiladi. Şu bilan birga, jahon avtomobil bozorida narxlar sezilarli darajada katta foizga qimmatlaşgan. Xuddi şu paytda UzAuto Motorsning eksport narxlari 33% dan ortiq kötarildi.
Bundan taşqari, kompaniya iste’molçilarga qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida, ommaviy segment modellarida jismoniy şaxslar uçun oldindan tölov foizini 85 foizdan 50 foizga pasaytirmoqda. Misol uçun, Chevrolet Cobalt A/T rusumli avtomobilni 125,6 million sömga sotib olayotganda oldindan tölov 106,7 million sömni taşkil qilgandi. Yangi şartlarga köra, oldindan tölov 62,8 million sömgaça kamaytiriladi.
Şuningdek, şartnomada avtomobilni yetkazib beriş keçiktirilgan taqdirda xaridorga kompensatsiya tölanişi haqida band nazarda tutilgan.
● Avtomobil sotib olişdagi yangi şartlar faqatgina yuqoridagi sanadan boşlab tuzilgan şartnomalar uçun amal qiladi.
“UzAuto” kompaniyasi birinçi navbatda “Bizmesmenlar”ning emas, aksinça aholi ehtiyojlarini qondiriş uçun tegişli vakolatli organlar bilan kelişgan holda, avtomobilni qayta sotiş uçun emas, balki foydalaniş uçun sotib olgan mijozlarga avval tuzilgan şartnomalar böyiça avtomobillarni yetkazib berişni birinçi öringa qöyadi. Avtomobillarni spekulyativ maqsadlarda sotib oliş böyiça şartnomalar tuziş holatlari aniqlangan taqdirda, kompaniya avtomobilni yetkazib beriş muddatini qöşimça 120 kunga oşiriş huquqini özida saqlab qoladi. Bu avtomobillarni xaridorlarga yetkazib beriş muddatini qisqartiriş, aholi örtasidagi talabni qondiriş imkonini beradi.
Kompaniya uşbu çoralar majburiy çoralar ekanligi hamda bozor kon’yukturasining umumiy özgarişiga munosabati bilan boğliq ekanligiga işontiradi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi PQ-37-sonli qaroriga muvofiq, import qilinadigan avtomobillarni olib kirişning yangi tartibi tasdiqlandi. Unga köra bojxona tölovlari ikki va undan ortiq barobarga pasaytirildi.
Şunday qilib, 21-fevralgaça narxi 10 000 dollar, dvigatel hajmi 1,4 litr bölgan avtomobil uçun bojxona tölovlari 5 800 AQŞ dollarini taşkil qilgan bölsa, yangi stavkalarga köra, import bojlari 2 900 dollar, 2023-yilning 1-yanvaridan esa 2340 dollar qilib belgilangan. Bu faktor albatta, Özbekiston avtomobil bozoriga ijobiy ta’sir körsatadigan raqobat muhitini yaratadi.
UzAuto Motors kompaniyasi avvalgidek, avtomobil işlab çiqaruvçilar orasida narxlar barqarorligi böyiça yetakçi bölişga, avtomobillar narxini bozordagi inflyatsiya va boşqa ösişlarga mutanosib ravişda oşirmaslik imkonini beradigan optimallaştiriş dasturini amalga oşirişda davom ettirişini işontirib aytadi.