AQŞning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Jonatan Henik Andijon viloyatiga taşrifi davomida mamlakatning eng yirik korxonalaridan biri bölgan UzAuto Motors’ning Asaka avtozavodida bölib, Chevrolet avtomobillari işlab çiqarilişining butun siklini köriş orqali mamlakatning avtomobilsozlik sanoati bilan bevosita tanişdi.
Jonatan Henik zavod faoliyati bilan tanişişni undagi yaratilgan muzeydan boşladi. "Özavtosanoat" AJ Boşqaruv raisining Işlab çiqariş masalalari böyiça örinbosari Farhod Törayev elçining zavod faoliyatiga bölgan qiziqişini qöllab-quvvatlab, öz minnatdorçiligini bildirdi hamda korxonaning işga tuşgan davrlaridan boşlab to bugungi kunga qadar davrni qamrab oluvçi jarayonlar haqida ma’lumotlarni berdi.
Şundan söng, Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini işlab çiqariş jarayonini körsatiş maqsadida presslaş, yiğuv va payvandlaş sexlaridagi liniyalar faoliyati körsatildi. Işlab çiqarilayotgan mahsulotlar hamda yangi avtomobillarni özlaştiriş borasidagi olib borilayotgan işlar haqida batafsil tuşunçalar berildi.
Bundan taşqari, mehmon Chevrolet Tracker avtomobilini minib kördi. U (işlab çiqaruvçi mahsulotining xavfsizlik darajasini belgilab beruvçi reyting) “LATIN NCAP”da ekanligidan xursandligini ta’kidladi. Qolaversa, uçraşuv çoğida elçi janoblari korxonaning mahalliylaştiriş darajasi, uning eksport salohiyati hamda raqobatçilari töğrisida qiziqişlarini bildirdi. Ayniqsa, kadrlar masalasida alohida töxtalib ötdi. Raqobat muhitida butun dunyo mamlakatlarini birdek öylaşga majbur etib kelayotgan muammolardan biri, injener kadrlar qayerda tayyorlangani bilan qiziqdi.
Elçi zavodning işlab çiqariş madaniyatini maqtab, öz navbatida bu u GM-GMS (global işlab çiqariş) talablari muvofiqligini körib turganidan hamda zamonaviy texnologiyalar tadbiq etilganligining guvohi bölganidan mamnun ekanligini ta’kidladi.