Jamoliddin iş faoliyatini 2008 yil yiğuv sexida çilangar-operatorlikdan boşlagan. Hozirgi kunda 2-toifali işlab çiqariş muhandisi lavozimida işlab kelmoqda.
U yaqinda “Tandem” liniyasida ADC robot qöllarini almaştiriş (Die çange)ga sarflanadigan vaqtni qisqartiriş böyiça öz ratsionalizatorlik loyihasini taqdim etdi. Uşbu loyiha işlab çiqariş unumdorligini oşiriş hamda tannarxni kamaytirişga qaratilgan.
Bu sohaga qanday kirib kelgansiz?
Maşinasozlik va mexanika sohasi bizga ota kasb hisoblanadi, bu kasb menga meros desa ham böladi. Şu qiziqişim tufayli Farğona politexnika institutining «Maşinasozlik texnologiyasi» yönalişida öqiganman.
Ratsionalizatorlik ğoyasi sizda qanday paydo böldi?
2020 yilda «UzAuto» boşqaruv raisi Şavkat Buranoviçning korxonamizga taşrifi çoğida bizni unumdorlikni oşirişga qaratilgan ğoyalarni köproq taqdim etişga çorladilar. Ğoya mualliflari öz ğoyasining iqtisodiy samarasidan 10%ini pul mukofoti körinişi olişlarini ham aytib ötgan edilar. Biz ungaça ham öz ğoya va takliflarimizni kiritar edik, lekin u paytlari mukofot puli boşqaça hisoblanar edi va xozirgidan ança kam bölar edi. Natijada, puxta işlanmagan ğoyalarni bormi-bor qilib topşirib yuboriş hollari ham bölgan.
Raisimiz taşrifidan keyin hamkasblarim ratsionalizatorlik ğoyalarini kiritib haqiqatan ham katta pul mukofotlarini olayotganliklarini guvohi böldim. Pul mukofotlari 5 okladgaça olinganligini ham guvohi böldim. Şundan keyin men ham iş joyimdagi barça jarayonlarga iqtisod qiliş imkoniyati bor yoki yöqligi nuqtai nazaridan e’tibor bera boşladim.
Siz taklif etgan ğoyaning mohiyatini gapirib bersangiz.
“Tandem” liniyasidagi robot qöllarini almaştiriş (Die çange) vaqtida operatorlar 12 daqiqa vaqt sarflar edilar.
Die çange vaqtini qisqartiriş uçun robot qöllarini liniyaning içkarisiga olib kirdik. Robot qöllarini almaştirişga ma’sul operatorlar ustalar tomonidan öqitildi.
Harakatlanuvçi taglik harakatlanişi vaqtida xavfsizlikni ta’minlaşda texnik xizmat körsatiş va mehnat muhofazasi bölimi xodimlarining yordamlari katta böldi. Vaqtni tejaş orqali işlab çiqariş rejasini tez va sifatli bajarişga erişildi.
Sizning taklifingiz pul körinişida korxonaga qanday foyda keltirişi mumkin?
Robot qöllarini almaştirişga ketadigan vaqt 12 daqiqadan 8 daqiqaga tuşirildi. Tejab qolingan 4 daqiqa vaqt bir yilda örtaça hisoblaganda 3,542 mln söm tejalişiga olib keladi.
Ğoyangizni rasmiylaştirişda va taqdim etişda qanday qiyinçiliklarga duç keldingiz?
Har bir seximizda ratsionalizatorlik takliflariga javobgar sex xodimi bor, biz ğoyamizni unga topşiramiz va u tegişli mutaxassis va muhandislar fikrini örganadi. Ğoya samarali deb topilsa, ratsionalizatorlik takliflari bilan şuğullanadigan bölimga topşiradi. Töğrisi, heç qanday qiyinçilikka duç kelmadim.
Iş jarayonini yaxşilaşga qaratilgan ğoyalar paydo bölişi uçun xodimlar nimalarga e’tibor berişlari kerak deb hisoblaysiz?
Avvalambor, öz kasbini sevişi kerak deb öylayman. Men şu kasbim orqali halol mehnat qilib oilamni boqyapman, demak şu korxona rivojiga ham hissa qöşişim kerak degan fikr bilan harakat qilişim kerak.
Öz işini yaxşi tuşungan xodim uçun unumdorlikni oşirişga qaratilgan özgartirişlar kiritiş ança yengil keçadi. Xodimlar öz işiga befarq bölmasliklari kerak. Öz iş jarayonini doimiy ravişda tahlil qilib borişlari lozim.
Kelajakda boşqa ratsionalizatorlik takliflari kiritiş niyatingiz bormi?
Hozir boşqa ğoyalar ustida ham işlayapmiz, faqat ular hali loyiha körinişida. Şuning uçun xozir ular haqida gapirib bera olmayman. Ğoya taklif qilişdan oldin samaradorligi isbotlanib, amaliyotda öz tasdiğini topişi kerak.