BU INGE ANDERSSONNI TUĞILGAN KUN BILAN TABRIKLAYMI...
“UzAuto Motors” boş direktori Bu Inge Andersson ilk bor tuğilgan kunini Özbekistonda nişonlamoqda.
“Uzavtosanoat” AJ kompaniyasi jamoasi Bu Inge Anderssonni tavallad ayyom bilan tabriklaydi! Uşbu tantanali va bayramona kunda Özbekiston avtomobilsozligi sanoatining rivoji yölida qilayotgan köp qirrali faoliyatingizga çin dildan omadlar tilaymiz. Boşqa mamlakatlarda avtomobilsozlik sanoatining rivojlanişiga qöşgan bebaho hissangiz mamlakatimizda ham muvaffaqiyatlarga erişişingizga asos böladi.
Sizning ulkan tajribangiz va sönmas iştiyoqingiz barçamizga keyingi barqarorlikka va yuqori marralarni zabt etişimizda işonç bağişlaydi.
Sizning sergak rahbarligingiz ostida va “UzAuto Motors” iste'molçilarining bevosita iştirokida avtomobillarning sifati va narxi bilan ijobiy özgarişlar bölişiga işonçimiz komil. Har bir kuningiz erişilgan natijalardan, hamfikrlaringizning tuşunişi va qöllab-quvvatlaşidan xursandçilik bilan tölsin. Siz va yaqinlaringizga tinçlik, farovonlik va baxt tilaymiz.
Çeksiz hurmat va eng yaxşi tilaklar bilan “UzAuto” jamoasi.
Eslatib ötamiz, Bo Inge Andersson joriy yilning avgust oyida "UzAuto Motors" AJ va "UzAuto Motors Powertrain" AJ boş direktori etib tayinlangan edi.
Şvetsiya Harbiy Akademiyasining hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvçisi, Stokgolm universitetining biznes boşqaruvi bakalavri bölmiş Bo Andersson avtomobilsozlik sohasidagi eng ilğor top-menejer bölib, sohada öz faoliyatini 1987-yildan Şvetsiyaning «Saab Automobile AB» kompaniyasida boşlaydi.
Adam Smit xalqaro avtomobil forumida Bo Andersson Rossiya avtomobilsozlik sanoatida “2010 yilning eng yaxşi yetakçisi” deb topiladi. 2011-yilda Andersson Yevropa avtomobilsozlik sanoatining eng muvaffaqiyatli rahbarlarini aniqlaş uçun “Automotive News Europe” tomonidan har yili ötkaziladigan “Eurostars” mukofotida “Rivojlanayotgan bozorlar böyiça Yevropa avtomobil sanoatining eng yaxşi yetakçisi” deb topiladi.
2012-yilda Bo Andersson Yevropaning avtomobilsozlik sohasidagi yetakçi naşriyoti “Automotive Supply Chain”dan “GAZ Group”ni inqirozdan keyin moliyaviy holatini tiklagani va Rossiyaning yengil tijoriy vositalar bozorida kompaniyaning yetakçiligini ta’minlagani uçun “Eng yaxşi yutuqlar” mukofotiga sazovor böladi.