Andijon viloyatida "Özavtosanoat"AJ tarkibiga kiruvçi "KOVA Foundry" ("Auto Spring Components" MÇJ) zavodida "Zamonaviy quyuv tsexi" loyihasining 2-bosqiçi muvaffaqiyatli işga tuşirildi.


Loyiha doirasida zavodda eng zamonaviy xalqaro standartlar talablariga javob beradigan va yiliga qariyb 30 million dollarlik import mahsulot örnini bosadigan çöyan qismlar işlab çiqariş quvvatiga ega uskunalardan foydalanildi.
Jumladan, Germaniyaning Heinriç Wagner Sinto Masçinenfabrik GmbH korxonasi tomonidan qumga şakl beriş liniyasi yetkazib berilgan bölib, uşbu liniyada yiliga 15 ming tonnadan ziyod çöyan qismlar işlab çiqariş imkoniyati mavjud. Şuningdek Ispaniyaning Loramendi S.Coop korxonasidan sterjen işlab çiqariş liniyasi, Italiyaning Progelta korxonasidan metal quyiş tizimi hamda Daniyaning DISA korxonasidan soatiga 100 tonna qum tayyorlaş va qumni qayta işlaş liniyalari olib keltirilib, muvaffaqiyatli işga tuşirildi.

Yangi işlab çiqariş tsexida kelgusida avtomobilsozlik, qişloq xöjalik maşinasozligi va boşqa turdoş sohalar uçun çöyan qismlar işlab çiqariş imkoniyati yaratilgan.
