UzAuto “INNOPROM. MARKAZIY OSIYO” XALQARO KÖRGAZMA...
Körgazmada Özbekiston, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Armaniston va Qirğizistonning yirik sanoat korxonalari mamlakat vazirlari bilan iştirok etişdi. Körgazma davomida mamsus ixtisoslaştirilgan axborot uçraşuvlari va öquv sessiyalari ötkazildi. Unda xalqaro hamkorlik, tarmoqlararo kooperatsiya, texnologiyalarni rivojlantiriş va raqamlaştiriş, ekologiya va qulay muhitni rivojlantiriş kabi muhim mavzularga töxtaldi.
“Buyuk Yevroosiyo hamkorligi” brifingi iştirokçilari UzAuto kompaniyasining mahsulotlarni mahalliylaştiriş, sifatni oşiriş va avtomobilsozlik sanoatida xalqaro kooperatsiyani kengaytirişdagi muvaffaqiyatini alohida qayd etdi. Şu örinda “Özavtosanoat” AJ boşqaruvi raisi örinbosari Azizbek Şukurov sözga çiqib, Yevroosiyo iqtisodiy makonida davlatlararo kooperatsiya va hamkorlik sohasida yangiça yondaşuvlarni amalga oşiriş zarurligi haqida gapirdi.
Xalqaro hamkorlik pavilyonida joylaşgan UzAuto stendi körgazma mehmonlarida katta qiziqiş uyğotdi. UzAUTO №2 va №3-pavilonlarda– UzAuto Motors kompaniyasining Chevrolet, Jizzah Auto kompaniyasining Volkswagen va Škoda avtomobillarini, ISUZU avtobus, pikap, maxsus texnikalar va yuk maşinalarini, MAN va KAMAZ yuk maşinalari asosidagi oğir maxsus texnika va tirkamalarni namoyiş etdi.
Fermer va tadbirkorlar turli qişloq xöjaligi texnikasi bilan tanişişdi.