Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan UzAuto Motors Asaka avtozavodida bayram tadbiri taşkil etildi. Tadbirni “UzAuto Motors” AJ Boş direktori Bo Andersson kiriş sözi bilan oçib berib, köp ming sonli zavod jamoasini Özbekiston Mustaqilligining 32 yillik şodiyonasi bilan qutladi.

Şuningdek, tadbir davomida avtomobilsozlik sanoatini yuksaltiriş yölida korxonada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan işçi-xodimlar munosib rağbatlantirildi. Xizmatlarini e’tirof etgan holda, faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi.

Bundan taşqari, korxona rahbariyati va kasaba uyuşmasi mustaqillik bayrami arafasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “Mehnat şuhrati” ordeni bilan taqdirlangan korxonaning Işlab çiqariş boşqarmasi 2-payvandlaş tsexi ustasi Masaliddin Şomurodovni uşbu unvonga munosib körilganli bilan samimiy qutlab, şarafli ayni paytda mas’uliyatli faoliyatida zafarlar tilaşdi.




