UzAuto Motors’da bolajonlar kuni UzAuto MotorsJune...
Kuni keça 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuniga bağişlab UzAuto Motors Asaka avtomobil zavodida xodimlarning farzandlari uçun bayram tadbiri ötkazildi. Bayram tadbirida işçi xodimlarning farzandlari örtasida ötkazilgan tanlovda iştirok etgan 90 nafarga yaqin bolalar iştirok etişdi.
Tadbir davomida bolajonlar ota-onasi faoliyat körsatib kelayotgan korxona bilan yaqindan tanişiş, iş joyini köriş uçun zavod böylab sayohat taşkil etildi. Dastlab zavod muzeyi böylab boşlangan sayohat korxonaning yiğuv uçastkasida davom etdi. Sayohat yakunida “UzAuto Motors” AJ boş direktori Bo Andersson sözga çiqib, xodimlar orqali ularning farzandlarini uşbu sana bayrami munosabati bilan tabrikladi. Şuningdek, ijodiy tanlovda nafaqat ğoliblikni qölga kiritgan balki unda iştirok etgan barça bolajonlarga esdalik sovğalari topşirildi.
–Biz, maktab bitiruvçilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan köp tadbirlar uyuştirganmiz. Bu safar bolajonlar bilan dillaşib, ularga quvonç ulaşdik. Bunday tadbirlarimiz bardavomdir, – dеydi “UzAuto Motors” AJ boş direktori Bo Andersson.
Bayramona tadbir sönggida bolajonlarga bayram dasturxoni yozildi, bayram oşi va şirinliklar bolalar quvonçiga quvonç qöşdi, tadbirga yanada kötarinkilik bağişladi. Tanlovda qatnaşganlarga tufha qilingan sovrinlar esa ularning ilk qölga kiritgan yutuqlari sifatida umirbod xotiralarida muhrlandi.
Bayramona tadbir korxonaning Mehnat muhofazasi bölimi, içki kommunikatsiya, Ma’muriyat xizmati direksiyasi hamkorligida taşkil etildi.