Xabaringiz bor, 30-iyun kuni Özbekistonda “Yoşlar kuni” sifatida nişonlanadi. Uşbu sana munosabati bilan Respublika böylab joylarda turli sport musobaqalari taşkillaştirilmoqda. Jumaladan, 20-22-iyun kunlari “UzAuto Motors”ning Asaka avtozavodida yoş xodimlar örtasida sport musobaqalari bölib ötdi.
Mazkur musobaqa 3 bosqiçdan iborat bölib, yoş xodimlar sportning armrestling, kibersport (Cybersport) turlari hamda “VODIY QUIZ” yönalişlari böyiça bellaşişadi.
Keça start olgan musobaqada yoş xodimlar sportning armrestling va kiber sport turida faollik bilan qatnaşib, öz imkoniyatlarini sinab körişdi.
Armrestling böyiça çempionlarni aniqlaş uçun 50 nafardan ziyod xodimlar iştirokida saralaş bosqiçi ötkazildi. Unda iştirokçilar öng va çap qöllarda uç vazn toifasida özaro kuç sinaşdilar. Ulardan 11 nafari finalga yetib keldi.
Şunday qilib, 65 kg gaça bölgan vazn toifasida 4 nafar, 75 kg gaça bölgan vazn toifasidagi 3 nafar hamda 85 kg gaça bölgan vazn toifasida 4 nafar iştirokçilar finalga yöllanmani qölga kiritişdi.
Musobaqa iştirokçilaridan biri Xamidjonov Şukurullo taʻkidlaganidek, bugun kuç va mahoratni namoyon qilişda halol kuraş böldi. Bugungi musobaqa bizga juda köp narsalarni örgatibgina qolmay, tajriba ham berdi, har bir xodim qölidan kelgança harakat qildi.
Armrestling bilan parallel ravişda kibersport turlari böyiça saralaş turnirlari bölib ötdi. Yigitlar CS:GO kibersport yönalişida jamoaviy turnirda Counter-Strike böyiça öyinlarda bellaşdilar. Eng yaxşi ekanligini isbotlab, saralaşdan ötişdi.
“Armrestling bahslari uçun 50 nafardan ortiq yoşlar qiziqiş bildirişgan. Kibersport yönalişi böyiça 5 nafar iştirokçidan iborat 27 ta jamoa tuzildi, intelektual öyinda esa 8 nafar xodimlardan iborat 17 ta jamoa öz imkoniyatlarini sinab körib bellaşadi.” – deydi, “UzAuto Motors” AJ Xodimlar boşqaruvi direksiyasi bölimi boşliği Jahongir Hamidov.
Şuningdek, joriy yilning 22-iyun kuni iqtidorli yoşlarning mantiqiy bilimlarini oşiriş, ularni saralaş va intelektual öyinlarga keng jalb qiliş maqsadida “VODIY QUIZ” öyini bölib ötadi.
Qolaversa, korxona rivoji yölida öz hissasini qöşib, işlab çiqariş xarajatlarini tejaş imkonini beradigan, iqtisodiy samara keltiradigan Kayzen taklifni kiritib, uni amalga oşirgan yoşlar uçun pul mukofoti berilmoqda.
Qayd etiş lozimki, bayramona kayfiyatda taşkil etilgan uşbu musobaqalar işlab çiqariş sanoatidagi minglab yoşlarni birlaştira oldi.
Maʻlumot uçun, “UzAuto Motors” jamoasining 65%ga yaqinini yoşlar taşkil etadi. Korxonada ular uçun barça şart-şaroitlar, imkoniyatlar va qulayliklar yaratilgan.