UzAuto Davlat rahbariga qişloq xöjaligi texnikalar...
Davlatimiz rahbarining Koson tumanidagi "Bunyodkor" paxta-töqimaçilik klasteriga taşrifi davomida Şavkat Mirziyoyevga "Agro Tech Klaser" qişloq xöjaligi texnikalari uçun ehtiyot qismlarni ta'minlaş va texnik xizmat körsatiş markazlari tarmoği loyihasi taqdim etildi. Şuningdek, loyiha taqdimotida qişloq xöjaligi texnikalarini sotiş va ularga xizmat körsatişning raqamli tizimi hamda kommunal va servis xizmat körsatiş uçun bir qator maxsus texnikalar taqdim etildi.
"Agro Tech Klaser" loyihasini amalga oşiriş doiasida UzAuto mintaqaviy dilerlik markazlari negizida qişloq xöjaligi texnikalari uçun ehtiyot qismlarni ta'minlaş va ularga texnik xizmat körsatiş böyiça 14 servis markazlarini şakllantiriş közda tutilgan. Har bir markaz texnik, ehtiyot qismlar, sarflanadigan materiallar va markazlaşgan call-center mutaxassislari bilan ta’minlanadi. Bundan taşqari, markazlar negizida qişloq xöjaligi texnikalariga xizmat körsatiş böyiça texnik mutaxassislar tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça öquv maşğulotlari taşkil etiladi.
Barça hududlardagi fermerlarga öz vaqtida sifatli xizmat körsatiş uçun "Agro Tech Klaster”ning har bir hududiy bölinmasi 7-10 tadan mobil servis xizmat kösatiş brigadalari bilan ta'minlanadi, birinçi bosqiçda ularning umumiy soni100 taga yetkazilişi rejalaştirilgan. Brigadalarni jönatiş barça zaruriy asbob-uskunalar va moslamalar bilan maxsus jihozlangan Chevrolet Damas avtomobillarida amalga oşiriladi.
Qişloq xöjaligi texnikasiga xizmat körsatişga ixtisoslaşgan avtomobillar bilan bir qatorda aholiga xizmat körsatiş va uy-joy kommunal xizmatlari uçun möljallangan Damas avtomobillari ham namoyiş etildi. Maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlangan ixçam avtomobillar qiyin joylarda yanada mobil va qulay xizmat körsatişga imkon beradi.
Şuningdek, davlatimiz rahbariga isteʼmolçilarga qulaylik yaratiş va xizmat körsatiş samaradorligini oşiriş maqsadida işlab çiqilgan “Agro Tech Klaster” mobil ilovasi taqdim etildi. Uşbu raqamli yeçim qişloq xöjaligi texnikasini sotib oliş, subsidiyalar oliş uçun ariza beriş, ehtiyot qismlarga buyurtma qiliş, call-centerga murojaat qiliş kabi keng qamrovli imkoniyatlarni beradi.
“Agro Tech Klaster” loyihasining amalga oşirilişi fermer xöjaliklari uçun xizmatlar turlarini sezilarli darajada kengaytiriş, barça hududlarda qişloq xöjaligi texnikalariga tezkor va sifatli xizmat körsatişni ta’minlaş imkonini beradi.