UZAUTO GERMANIYANING CLAAS KOMPANIYASI BILAN BIRGA...
28 aprel kuni “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga (TIIAME) UzAuto hamda Germaniyaning qişloq xöjaligi texnikasi işlab çiqaruvçisi CLAAS kompaniyasining Şarqiy Yevropada savdoni rivojlantiriş böyiça mintaqaviy direktori Nils Roiç va Uz CLAAS Agro MÇJ boş direktori örinbosari Leonov Alekseydan iborat qöşma delegatsiyasi taşrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Mirzayev Bahodir Suyunoviç kutib oldi.
Delegatsiya universitet binosi va xalq şoiri Abdulla Oripov muzeyi bilan tanişişdi. Ekskursiyadan söng mehmonlarga universitet yaratiliş tarixi haqidagi hujjatli film namoyiş etildi.
Uçraşuv davomida Nils Roiç Özbekistonning qişloq xöjaligi salohiyatini va iqtisodiyotning uşbu sektorida mexanizatsiyalaşning ahamiyatini yuqori baholadi. Şuningdek, germaniyalik mehmon CLASS kompaniyasi "Özavtosanoat" AJ bilan birgalikda 2010 yildan buyon "Uz CLAAS Agro" MÇJ qöşma korxonasi doirasida Özbekiston bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini ta'kidladi.
- Özbekistonlik hamkorimiz UzAuto kompaniyasidan rahbariyati va xodimlarining professionalligi, qöllab-quvvatlaşi va mas'uliyati uçun minnatdormiz. Umid qilamizki, hamkorligimiz keyinçalik ham Özbekiston fermerlari va tadbirkorlariga foyda keltiradi, - dedi Janob Roiç.
Qöşma delegatsiya taşrifining asosiy maqsadi institutga traktor motorini sovğa qiliş. Dvigatel har qanday transport vositasining eng muhim, mehnat talab qiladigan va eng qimmat elementidir. Dvigatel işlab çiqarişda har qanday transport vositasining eng muhim, mehnat talab qiladigan va eng qimmat elementi hisoblanadi.
Uşbu dvigatel modeli – Özbekiston fermerlari orasida maşhur bölgan “Perkins 1006-E6” (152 ot kuçi) DOMINATOR 130 ğalla öriş kombayni uçun möljallangan.
Dvigatel "Traktorlar va avtomobillar" kafedrasiga topşirildi.
Talabalarga uşbu dvigatel yordamida amaliy maşğulotlar ötkaziş imkoni böladi. Dvigatel öquv jarayonida va Özbekiston qişloq xöjaligi maşinasozligida yuqori malakali kadrlar tayyorlaşda yordam beradi.