Mahalliy muxlislar gismantikaçilarimizni gullar, davlat bayroqlari, karnay-surnay va albatta olqişlar bilan kutib olişdi. Jahon çempionatining ikkinçi bosqiçida qozonganilgan munosib ğalaba uçun olqişlar va samimiy tabriklarni afsonaviy gimnastikaçi, Olimpiya çempioni Oksana Çusovitina oldi. Sportçi özining yuqori natijalari bilan yana bir bor mamlakatining bayroğini baland kötarib, Özbekistonda gimnastikaning yuksak mavqeini tasdiqladi. Doha şahrida sport gimnastikasi böyiça Jahon kubogi bosqiçida Özbekiston terma jamoasi tarkibidan ğolib Oksana Çusovitina, musobaqa finalçilari Ötkirbek Jörayev va Xabibullo Ergaşev, şuningdek, jamoaning qolgan a’zolari Gulnaz Jumabekova, Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, hamda murabbiylar va hakamlar hay’ati a’zolari Andrey Nilov, Ravşan Mirzayev va Oksana Kioşi qaytişdi. Jamoani kutib oliş va Oksana Çusovitinani ğalaba bilan tabriklaş uçun Toşkent xalqaro aeroportiga Özbekiston sport vaziri örinbosari Şaxrullo Mahmudov, Özbekiston gimnastika federatsiyasi (FIG) prezidenti Şavkat Umurzoqov, FIG vitse-prezidenti Ruslan Mustayev va boşqa sportçilar, şuningdek OAV va blogerlar hamda muxlislar taşrif buyurişdi. Eslatib ötamiz, UzAuto köp yillar davomida ijtimoiy loyihalarni qöllab-quvvatlaş böyiça faol siyosat olib boradi va FIGning boş homiysi hisoblanadi. Bundan taşqari, joriy yilning 22-fevral kuni navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasida (FIG) “Özavtosanoat” AJ boşqaruvi raisi Şavkat Umurzoqov Federatsiya prezidenti etib saylandi.