"Uzavtosanoat" AJ boşqaruv raisi Italiyaning "IVEC...
“Özavtosanoat” AJ boşqaruvi raisi Uluğbek Rozukulov hamda Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Töyçiyevning Italiyaga xizmat safari doirasida “IVECO” (Industrial Village Complex) korxonasiga taşrif buyurildi.
Taşrifdan közlangan asosiy maqsad, xalqaro standartlarga mos keluvçi, energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yuqori elektromobillarni işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça dunyoning yetakçi korxonalari tajribalarini örganiş sanaladi. Rivojlangan mamlakatlar avtomobil işlab çiqaruvçilari içki yoniş dvigatellari bilan bir qatorda elektr transport vositalari uçun akkumulyator loyihalarini faol amalga oşiriş doirasida barqaror rivojlaniş va atrof-muhit qoidalariga rioya qilişga intilmoqda.
Olingan xalqaro tajriba universitet qoşidagi elektromobillar laboratoriyasining samarali faoliyatini taşkil etişda muhim böğin bölib xizmat qiladi. Mahalliy şaroitga moslaştirilgan ilğor texnologiyalarni qöllaş universitetga zamonaviy, ekologik toza avtomobil texnologiyalarini rivojlantirişga qaratilgan dasturlar va tadqiqotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş imkonini beradi. Uşbu tajriba özbek avtomobil sanoatida innovatsiyalarni joriy etiş, şuningdek mamlakatda elektromobil infratuzilmasini rivojlantirişga öz hissasini qöşişi şubhasiz.