2017 yil 22- 23 mart. Mehr - oqibat, yangilaniş, yaşariş va döstlik bayrami bölmiş Navruz kunlari ikki davlat rahbarlarining - Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Ostona şahrida bölib ötgan oliy darajadagi uçraşuv va muzokaralarini ekspertlar har tomonlama samarali va aloqalarda yangi sahifani oçdi, deya baholadilar. Ta`kidlaş joizki, ikki qardoş halq örtasidagi munosabatlar ayyom tarğib etadigan ğoyalar - özaro hamjihatlik, hurmat, işonç va döstlik asosida rivojlanib bormoqda.
2 milliard dollar, bu 2016 yil yakunlariga köra mamlakatlarimiz örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi. Uçraşuvda ta`kidlanganidek, bu körsatkiç ayni damdagi mavjud salohiyatga mos emas. Şu sabab tomonlar savdo aylanmasini kamida ikki barobarga oşirişdan manfaatdorlar. Salohiyat kölamini esa Özbekistonning Milliy sanoat yarmarkasi va har ikki davlat işbilarmon doiralari qatnaşgan biznes forumdan ham anglaş mumkin böldi. Unda Özbekiston va Qozoğistonlik 500dan ziyod tadbirkorlar iştirok etdilar. Ikki tadbir natijasi ölaroq esa 1 milliard dollarga yaqin savdo şartnomalari va sarmoyaviy kelişuvlar imzolandi.
Özbek avtomobil sanoati yarmarkaning eng nufuzli qismi böldi, desak yanglişmaymiz. Aynan uşbu soha hamkor davlat tomonida alohida qiziqiş uyğotdi. Aytiş joizki, bugungi kunda özbek avtomobilsozligi innovatsiyalarni joriy qiliş va jadal rivojlaniş böjiça qariyib 23 yillik tajribaga ega. Tadbirda ham “Özavtosanoat” AK mutahassislari tarmoa korhonalar tomonidan işlab çiaarilayotgan mahalliylaştirilgan mahsulotlarning kölamini namoyiş ailişdi. Körgazmalar zali maydonida “ÖzAvtosanoat” AK tomonidan işlab çiaqrilayotgan yengil avtomobillardan tortib, yuk taşuvçi avtomobillargaça, mahsus tehnikalar,TNP, ehtiyot va butlovçi qismlar, şuningdek, turli sport anjomlarini köriş mumkin edi.