UzAuto tashkilotlari o’rtasida o’tkazilgan xavfsiz mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish madaniyati bo'yicha ko‘rik tanlovning yakuniy saralash natijalari
UzAuto tashkilotlari o’rtasida o’tkazilgan xavfsiz...
Ko‘rik tanlov avtomobilsozlik korxonalarida xodimlarning mehnat faoliyati davomida mehnat sharoitlarini yaxshilash, sanoat shikastlanishi va kasbiy kasalliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, uchta nominatsiya bo‘yicha eng yuqori ball olgan yetakchilar:
“Xodimlarni xavfsiz mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish madaniyati va yuqori estetika bilan ta'minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” nominasiyasi bo‘yicha:
I o'rin: «UzAuto Motors Powertrain» AJ
II o'rin: «Uz-IraeKeybl MChJ QK
III o'rin: «UzAuto-Inzi» MChJ QK
Xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash, ishlab chiqarish madaniyati va yuqori estetika uchun eng yaxshi sex (hudud)” nominasiyasi bo‘yicha:
I o'rin: “UzAuto Motors” AJning Xorazm filiali presslash sexi
II o'rin: “Andijonavtotexizmat” BTXS
III o'rin: “UzAuto Motors” AJ 1-presslash sexi
“Xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash, ishlab chiqarish madaniyati va yuqori estetika uchun eng yaxshi jamoa” nominasiyasi bo‘yicha:
I o'rin: “O‘z-Xanvu” MChJ QK termoforming hududi jamoasi
II o'rin: “O‘z-Sangvu” MChJ QK presslash hududi (1000 tonna) jamoasi
III o'rin: “O‘z-Chasis” MChJ QK yig‘ish hududi jamoasi