Xalqaro delegatsiya “Toşkent traktor zavodi”ga taş...
Poytaxtimizda ötkazilgan “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi doirasida xalqaro delegatsiya a'zolari “Toşkent traktor zavodi” MÇJga taşrif buyurdilar.
Mazkur taşrif forum iştirokçilariga mamlakatimiz qişloq xöjaligi texnikalarini işlab çiqaruvçi yirik korxonaning texnik salohiyati, innovatsion işlab çiqariş tizimi va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini yaqindan taniştiriş maqsadida taşkil etildi. Uçraşuvda Turkmaniston qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Berkeli Berkeliyev hamda Italiya qişloq xöjaligi maşinasozligi uyuşmasi prezidenti Maria Teresa Masçio boşçiligida 20 ga yaqin yetakçi kompaniyalar vakillari iştirok etdi.
Delegatsiya a’zolari dastlab Germaniya, Xitoy va Turkiya kabi davlatlar bilan hamkorlikda işlab çiqarilgan texnikalar bilan tanişdilar. Şundan söng mehmonlarga zavod hududidagi işlab çiqariş, payvandlaş, yiğuv va böyoqlaş tsexlarining texnik va texnologik salohiyati batafsil namoyiş etildi.
Toşkent traktor zavodi xorijiy mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Xususan, Italiya qişloq xöjaligi texnikalari işlab çiqaruvçilari federatsiyasi prezidenti zavod imkoniyatlaridan hayratda ekanini ta’kidladi hamda hamkorlik uçun keng istiqbol va imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Şuningdek, zavod vakillari kelgusida xorijiy kompaniyalar bilan mustahkam munosabatlar örnatiş va hamkorlikni yanada kengaytirişga tayyor ekanini bildirdilar. Mehmonlar va korxona vakillari yangi tajribalarni Italiya kompaniyalari bilan uyğunlaştiriş, yangi texnologiyalarni joriy etiş hamda kelgusidagi loyihalar böyiça özaro fikr almaşdilar.
Mazkur taşrif ikki mamlakat örtasidagi qişloq xöjaligi texnologiyalari va sanoat sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun muhim platforma böldi.