VI Toşkent aksilkorrupsiya forumida “Özavtosanoat”...
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan taşkil etilgan VI Toşkent aksilkorrupsiya forumida “Özavtosanoat” AJ faoliyatida oçiqlik, şaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini izçil joriy etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuksak e’tirof etilib, kompaniya maxsus mukofot bilan taqdirlandi.
“Korrupsiyaga qarşi boşqaruvning yangi arxitekturasi: samarali preventiv çoralar sari” şiori ostida taşkil etilgan forum korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, ilğor tajriba almaşiş hamda oçiqlik tamoyillarini mustahkamlaşga bağişlandi.
Mazkur nufuzli tadbirda Qozoğiston, Ozarbayjon, Yaponiya, Estoniya, Litva, Qirğiziston hamda boşqa qator davlatlarning vakillari, xalqaro taşkilotlar ekspertlari va davlat idoralari mutasaddilari iştirok etdi. Forum doirasida zamonaviy komplayens tizimlari, preventiv mexanizmlar, korrupsiyaviy xavflarning oldini oliş hamda institutsional şaffoflikni ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda “Özavtosanoat” AJ tizimida faoliyat oçiqligini ta’minlaş, axborotlarni öz vaqtida va töliq e’lon qilib boriş, jamoatçilik bilan oçiq muloqotni kuçaytiriş hamda korrupsiyaviy xavflarning oldini olişga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilgan. Mazkur yondaşuv kompaniyada şaffoflik va hisobdorlikni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot uçun, “Oçiqlik indeksi” reytingining 2025-yil yakunlariga köra, “Özavtosanoat” AJ 94,2 ball bilan eng yuqori natijalarni qayd etgan taşkilotlar qatoridan joy oldi.